Individuallik - shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy
va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini
amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat
(oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni
asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va
hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta‘lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish,
xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq
munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik,
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlash
-
mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda
chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta‘lim bosqichi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning
tahlili hamda ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi
avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |