11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Estetik tarbiyaning mohiyati
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
3. Estetik tarbiyaning mohiyati. Har bir oila o‘z bolalarining tarbiyali,
nafosatli, aqlli, baquvvat va mard bo‘lishini istaydi. Tarbiya san‘atining shunday hususiyati borki, ko‘p kishilar uni o‘zlariga tanish va tushunarli bir ish deb ba‘zi birovlar xatto еngil ish deb hisoblaydilar. Estetik tarbiya ana shunday osonroq ishga o‘xshaydi. Aslida, estetik ruhda tarbiyalash, insonning butun qiyofasiga – uning xis – tuyg‘ulariga, irodasiga samarali ta‘sir qiladi. Ilmiy dunyoqarashni ma‘naviy qiyofasini shakllantiradi, xayotni bilib borish imkoniyatini tug‘diradi. Estetik ruhda tarbiyalash g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, nafosatni tushinibgina qolmay, balki uni barpo etishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni kamolga etkazish maqsadni ham ko‘zda tutadi. Bizning mamlakatimizda bolalarni estetik ruhda tarbiyalashga kerakli hamma shart-sharoitlar mavjuddir. Muzey va teatrlar, kutubxona va klublar, kinoteatr va galeriyalari, takrorlanmas o‘tmish obidalari, xullas butun xayot tarzimiz haqiqatan ham - barkamol avlodjni estetik ruhda tarbiyalash va kamol toptirishga yordam beradigan asosiy vositalardir. O‘zbekistonda demokratik qoidalar asosida rivojlanayotgan xalq ta‘limi, o‘quvchilarga badiiy ta‘lim va estetik tarbiya berishni, go‘zallikni xis qilishni tarbiyalash, yuksak estetik did, san‘at asarlari, tarix, me‘morchilik yodgorliklari, jonajon tabiat va boyligini tushunish hamda qadrlay bilishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda yosh avlodni vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik tarbiyalashni amalga oshirishi zarur. Estetik zavqlanish kishida mehnat ilhomini yanada jo‘sh urdiradi, insonni ulug‘laydi va uning turmush sharoitini bezaydi. Umuman estetik tarbiya yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalariga qaratilgan bo‘lishi lozim. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling