11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
2. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari
Maktabda bolalarni axloqli tarbiyalash, dars jarayoni, sinf va maktabdan tashqari turli tuman ishlarda olib boriladi. O'quvchilarga bilim, (tasavvurlar, xissiy, obrazli bilimlar, axborot, og'zaki ma'lumot, tushuncha, umumlashgan bilim) malaka va odatlarini beriladi. Bolalarga odob va odobsizlik haqida tushuncha beriladi. Ular axloqiy tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotdan, hayotdan, kinofil'm va spektakllardan oladi. O'quvchilarni o'z xulqini axloqiy jihatdan baholashni birinchi sifatdan boshlab o'rgatib borish kerak, ularni mehnatni sevish, mulkni ehtiyot qilish, xurmat, rostgo'ylik, sofdillik, vijdon, kamtarlik ma'nolarini tushinib olsin. Buning uchun ―mardlik va qo'rqoqlik, mardlik va oliftalik, kollektiv nima, baxtni qanday tushinasiz, insonni go'zalligi nimada‖ yuqori sinf o'quvchilari bilan ―ma'naviy еtuk kishi, insonning qadr-qimmati, axloq va shaxs erkinligi‖ mavzularida suhbat o'tkazish ma'qul. O'quvchilarning onglilik darajasini, o'stirish o'zini-o'zi baholasin, o'qishda mehnatda, hayotda muvofaqqiyatga erishish o'ziga bog'likligini tushintirilsin. Xaftaning oxirida ―O'tgan xaftadan qanoatlanamanmi?‖, ―O'zimni jazolashim kerakkmi yoki mukofatlashim?‖ degan savolga javob yozishni tavsiya qilish kerak. U tarbiyaviy soatda yoki individual suhbatda tahlil еtiladi. O'quvchilarni axloq ruhida tarbiyalash ularda erkin fikrlilik xislatlarini tarkib toptiradi. Ular maqsadga intiluvchanlik, o'qish va ishda matonatlilik, qat'iyat tashabbuskorlik, uyushkoklik, kiyinchilikdan qo'rqmaslik. Maktab axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlar qo'llaniladi. Jumladan: Birinchidan, maktabdagi o'qish jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak, buyuk nemis pedogogi A.V. Disterveg ko'rsatganidek, yaxshi o'qitish bilangina o'qituvchi o'quvchini yaxshi tarbiyalaydi ham. Ba'zan axloqiy ta'sir vositalari kam ko'rsatiladi, huquq uchun bahoni pasaytiradilar. Odobsizlik qilishadi. Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvoffaqqiyatli o'quvchilari va o'qituvchilar jamoaning saviyasiga bog'liq. Jamoa axloqli bo'lsa, ahl bo'lsa, bolalar intizomli bo'ladi. Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo'lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvoffaqqiyatini ta'minlaydi. A.S. Makkarenko 10 ta yuqori malakali, o'z xolicha ishlaydigan o'qituvchidan malakasi past bir yoqadan bosh chiqaradigan beshta o'qituvchi afzal, - deydi. To'rtinchidan, maktabda ijobiy, emosional sharoit yaratish axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta'sir etadi. Beshinchidan, barcha o'quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, xayot rejimiga rioya qilishga erishish. Axloqiy tarbiyada ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda suhbat, munozara, leksiya kabi metodlardan, axloqiy odatni shakllantirshda esa mashq, bolalarni turli faoliyatini yuritish metodlaridan foydalaniladi. Axloqiy tarbiyada uning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega. Tadbirlar soni emas, sifat belgilaydi. Baho ham to'la emas. Tarbiyalanganlikni o'lchovi ijtimoiy aktivlik, talablariga ijobiy munosabat, o'z huquqini baholay olish, axloqiy odatlar va fazilatlar deyiladi. Bular o'lchov bo'la olmaydi. Aslida ijtimoiy aktivligi, muomala va aloqalari, manaviy yo'nalishi, haqida, barqaror axloqiy sifatlarning mavjudligi – o'lchov bo'la oladi. Maktab xayotida ijtimoiy-siyosiy atestasiyasi axloqiy tarbiyalanganlikning aniqlash va baholashning bir shaklidir. Shaxsni to'la o'rganish – tarbiyalanganlilikni aniqlab beradi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling