Hba 72-guruh


Download 70 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi70 Kb.
#1323836
Bog'liq
HBA 72-guruh

Hba 72-guruh

Yaxshimurodov Samandar

To’lqinov Ahror

Tuyg’unnova Madina

Xurramov Javohir

Mavzu: OILAVIY TADBIRKORLIK TASHKILOTi

Yuridik shaxs tashkil etgam holda ott ni yo’lga qo’yish.

Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan OTT ning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona hisoblanadi.(kichik tadbirkorlik subyekti) OTT ishtirokchilari va yollanma ishchilarning umumiy soni qonunchilik bilan o’rnatilgan kichik tadbirkorlik subyektlarixodimlarining o’rtacha yillik sonidan ortishi mumkin emas. Minimal soni esa 2 tadan kam bo’lmasligi kerak.

Oilaviy korxona firma nomi.

OTT to’liq yoki qisqartma firma nomiga ega bo’lishga haqli hisoblanadi. OTT ning to’liq firma nomi uning to’liq nomi va ,,Oilaviy korxona’’ so’zlaridan iborat bo’lishi kerak. OTT ning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartma nomi va oilaviy korxona so’zlari va OK qisqartmasidan iborat bo’lishi kerak.

Ott ishtirokchilari.

Oila boshlig’i, uning rafiqasi, farzandlari, nabiralari umuman olganda mehnatga layoqatli bo’lgan barcha oila a’zolari OTT ishtirokchilari bo’lishlari mumkin.

OTT boshqaruvi va OTT boshlig’i.

Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi oilaviy korxonaning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

Ishtirokchilardan birigina Oilaviy korxona boshlig’I bo’lishi mumkin, oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan unga ularning nomidan ish yuritish huquqini taqdim etadi.

Ott hujjatlari va ustav fondi.

Oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomoni dan tuziladigan ta’sis shartnomasi Oilaviy korxonaning ta’sis hujjati hisoblanadi.

Oilaviy korxona ustav fondi eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.

Faoliyat yuritish joyi.

OTT turar joy va noturar joy binolari jumladan, OTT ishtirokchilari mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiladigan ishlab chiqarish, xo’jalik imoratlari va boshqa binolarda faoliyat yuritishlari mumkin.

Turar joy binolari OTT faoliyatida foydalanish uchun noturarjoy binolariga o’tkazish talab etilmaydi. Alohida faoliyat turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan holatlar bundan mustasno. Xususan, ko’p qavatli turar joylarda OTT tomonidan sanoat faoliyatini amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi.

Faoliyatdagi cheklovlar.

OTT aksiz markali mahsulotlar ishlab chiqarish, yer qa’ri uchastkalaridan foydalangani uchun soliqqa tortiladigan foydali qazilmalarni qazib olish va shu kabi faoliyat turlari bilan shug’ullana olmaydi. OTT faoliyatida inson va atrof muhitga xavf tug’diruvchi zaharli va radioktiv moddalar va uskunalardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. OTT foydalana olmaydigan moddalar va materiallar ro’yxati O’zb Res Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Mahsulot sotish tartibi.

OTT o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini naqt pul yoki naqt pulsiz hisob-kitob orqali sotishlari mumkin. OTT mahsulotlarini sotish uni ishlab chiqargan joyda ham amalga oshirilishi mumkin.

daVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH.

OTT ni davlat ro’yhatodan o’tkazishda belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda yakka tartibdagi faoliyat oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi belgilab qo’yiladi, shuningdek birgalikda faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolari ko’rsatiladi.

Mehnat munosabatlarini hal qilish.

Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonida oila a’zolari o’rtasida o’zaro mehnat munosabatlari, jumladan, mehnatga haq to’lash va daromadni taqsimlash masalalari ular tomonidan mustaqil ravishda tartibga solinadi. OTT subyektlari tomonidan doimiy ishchilarni yollashga yo’l qo’yilmaydi. Aksincha ularni vaqtinchalik shartnoma asosida ishga yollashga ruxsat beriladi.

Faoliyat doirasi va soliq majburiyatlari

OTT subyekti yakka tadbirkorlar uchun qonunchilik bilan belgilangan ro’yxat bo’yicha faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.

Bir nechta alohida obyektlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganoilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan qat’iy soliq har bir alohida obyekt uchun to’lanadi.

Yoshlar mehnati.

18 yoshgach bo’lgan shaxsning oilaviy tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga maktabi, kolleji yoki akademik litseyiga doimiy qatnashiga yo’l qo’yiladi.

OTT faoliyatida 18 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar mehnatidan ularning sog’lig’I, xavfsizligi yoki axloqiga putur yetkazishi mumkin bo’lgan noqulay mehnat sharoitiga ega bo’lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

OTT da ishtirk etayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun haftasiga 36 soatdan, 15-16 yoshdagi shaxslar uchun 24 soatdan oshmasligi kerak.

E’tiboringiz uchun raxmat.


Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling