11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim tizimi. Ta‘lim sohasida davlat
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar
17-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim tizimi. Ta‘lim sohasida davlat
siyosatining asosiy tamoyillari. Reja: 1. O‘zbekiston respublikasida xalq ta‘limi tizimi. 2. Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi 3. Ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar: Ta‘lim tizimi, boshqaruv prinsiplari, umumiy o‘rta maktab, kasb-hunar ta‘limining rivojlanishi, rahbarlik prinsiplari, ma‘naviy yangilanish, milliy ong, ishlab chiqarish. ADABIYOTLAR: 1. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1997 y, 29 avgust. 2. Toshmurodova Q.A. ―Ta‘lim-tarbiyani rejalashtirish xususiyatlari‖. 1993. 3. Tursunov Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T. 1996. Xalq ta‘limi tizimi deb, muayyan mamlakatning ichki va tashqi kamolotiga ta‘sir ko‘rsatuvchi hamda ma‘lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta‘lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O‘zbekiston xalq ta‘limi tizimi Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustivor sohasi hisoblanadi. Shuningdek, u ta‘lim sohasidagi Davlat siyosatini, umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan sohasidagi ko‘p asrlik an‘analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda ish yurgizadi. Xalq ta‘limi tizimi Respublikamizning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch- quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas‘uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Muctaqil Respublikamiz Konstitutstiyasining 18 va 41-moddalarida ta‘kidlaganidek, Respublikamizda yashovchi barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat‘iy nazar bilim olish huquqiga ega. Shuningdek, bepul umumiy ta‘lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning hamma turlari tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o‘rta ta‘lim berishning amalga oshirilishi, o‘qitishni hayot bilan, unumli mehnat bilan bog‘lab olib borish, o‘quvchilarga va talabalarga Davlat stipendiyalari va imtiyozlar berish, maktab darsliklarini tekin berish (qisman), maktabda davlat tilida o‘qitish imkoniyatlarini yaratib berish bilan kafolatlanadi. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillarida, ya‘ni 1992 yil 2 iyulda Mustaqil O‘zbekistonning «Ta‘lim to‘g‘risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun avvalo, ta‘limda ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Aniqrog‘i, eski tuzumdan yangisiga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tadi. Shu bilan birga ta‘lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlariga test tizimi joriy qilinishi, kasb-hunar bilim berishga e‘tiborni kuchaytirilishi kabilar shular jumlasidandir. Yangi davr talablariga javob beradigan, xalq ta‘limi tizimini tubdan isloh qilish zaruriyati paydo bo‘ldi va natijada 1997 yil 29 avgustda O‘zbekistonning yangi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ilgari qabul qilingan qonunlardan farqli o‘laroq, ta‘lim ijtimoiy taraqiyot sohasida ustivor deb e‘lon qilindi va xalq ta‘limi tizimi tuzilishining quyidagi yangi qoidalari joriy qilindi: Ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi Buning mohiyati shundaki, barcha xalq ta‘limi tizimi muassasalarda berilayotgan ta‘lim va tarbiya insonlarni moddiy va ma‘naviy kamolotini, aql- zakovatini o‘sishi, insoniy faoliyatini rivojlanishi, o‘zligini bilish va xaq-huquqlari uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib etishishlarini maqsad qilib qo‘yadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling