11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


partasidan keng tanishtirib borish o'zining samarasini beradi. Bunda


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи


partasidan keng tanishtirib borish o'zining samarasini beradi. Bunda 
ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o'qitiladigan barcha fanlarda, 
ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix 
kabi fanlarni o'qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul'tetiv 
mashg'ulotlarda, darsdan tashqari to'garak yig'ilishlarida, ekskursiya davrida 
hamda o'zlariniig kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni
o'rgana boradilar. 
Fanlarni o'qitishda o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning 
boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko'nikma, 
malakalarini shakllantirish o'qitishda qo'yilgan maqsad va vazifalarga 
mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu 
mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e'tibor qilinadi. 
Hozirgi zamon ekologiyasining qonun va qoidalarini, dastlabki ekologiya 
ma'lumotni hamda madaniyatni shakllantirish 3 yo'l bilan -dars 
mashg'ulotlarida, 
sinfdan 
tashqari 
o'tkaziladigan 
tadbirlarda 
va 
ekskursiyalar vaqtida amalga oshiriladi. Bunda tabiat o'quvchilarga 
ekoligiya haqida ekoligiya qonuniyatlar va tushunchalar to'g'risida bilim 
beriladi. 
Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o'z ichiga 
oladi:
-Atrof muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; 


-Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash; 
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi; 
-O'z 
tumanini, 
shaharini, 
qishloq 
va 
maktab 
xovlisini,
ko'kalamzorlashtirishda, 
xatto, 
sinf 
xonasidagi 
o'simliklarni 
ham
parvarishlashga qiziqishlarini oshirish; 
-Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari; 
-Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarini namunalari; 
-Oiladagi, maktabdagi tarbiyani, o'simliklar va hayvonot dunyosini 
e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; 
-Tabiatga ongli munosabat jarayonida o'quvchilarning dunyoqarashini 
kengaytirish; 
-Yoshlarning ekoligiya tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta 
tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish; 
Bolalarda ekoligiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirishda tarix fanining 
imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o'lkamiz tabiati 
qanday bo'lmagan, o'simliklar va hayvonot olamini, uning ekoligiyasi -chi 
kabi savollarga tarix fanidan javob topish mumkin. 
Maktabda o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani 
geografiya darslarida har bir mavzuga bog'lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish 
ona tili bo'yicha mashg'ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili 
darslaridagi ko'plab mashqlar o'quvchilarda tabiatga mehr uyg'otishda qo'l 
keladi. Mashqlardagi suv va havo, o'simlik va hayvonot olamiga taalluqli 
fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr 
uyg'otish mumkin. 
Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog'langan. Bunda har bir 
asarni o'qib tahlil qilish vaqtida va o'quvchiga tushuntirayotganda faqat 
bezash nuqtai nazaridan emas, ya'ni tabiatny muxofaza qilish nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham 
o'quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-
11sinflarda "Tabiatni asrash-Vatanni asrash", "Tabiatni e'zozlaylik" kabi 
mavzularda turli baxs va she'rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham 
ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o'qitilayotgan 
xalq og'zaki ijodi misolida esa o'quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari 
nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini 
o'rganadilar. 
O'quvchilarga 
aytiladigan 
ertaklarda 
hayvonlar 
va 
o'simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o'rni ochib beriladi. 
O'qilgan badiiy asarlar misolida, o'tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi 
munosabatda bo'lish va toshbag'irlik bilan qarash dalillari muhokama 
qilinadi. 
Matematika fanida beriladigan ekologik ta'lim va tarbiya jarayonida 
o'quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o'zgarishlar inson sog'lig'iga 
qanday ta'sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo'lishadi. Masalan, 
Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir 
yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday 


holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib 
kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari 
tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo'yicha har yili taxminan 6-
7 mln.gektar еr ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko'p 
vaqt kerak bo'ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300 -
500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa 
taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan
ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni 
asrab avaylash har bir kishining kelajak oldidagi burchi h isoblanishini 
uqtiriladi. 
Mehnat ta'limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda 
ko'rishlari uchun imkoniyat yaratadi. 
Ekologik ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda sinfdan tashqari darslarni 
ahamiyati kattadir. Xususan, tabiat qo'yniga sayohatlar, ekologik 
yo'nalishdagi to'garaklar, shu mazmundagi kechalar o'tkazish o'quvchilar 
xotirasida uzoq saqlanadi. Sayohatlar mazmuni asosan tevarak-atrofni 
kuzatishga qaratiladi. Sayohatlarda o'quvchilar tabiatdan inson qanday 
foydalanayotganligini ko'radilar, kattalarning tabiatga to'g'ri yoki noto'g'ri 
munosabatda bo'layotganligini guvohi bo'ladilar. Tabiat qo'ynida bo'lish, 
o'quvchilarda estetik kechinmalarni paydo qiladi. O'quvchilar qushlarni 
sayrashini eshitib, o'simliklarni yashnashini ko'rib quvonadilar. Bu 
holatdan ular ham estetik, ham ekologik tarbiya oladilar. 
Ekologik yo'nalishdagi to'garaklarda bolalarni tabiatga zarar еtkazmaslikka, 
tabiat go'zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o'rgata 
boriladi. To'garak mashg'ulotlarida o'tiladigan "Tabiatni e'zozlaylik", 
"Tabiat va inson", "Ekoligiya va inson", "Orol madad suraydi", "Qushlar 
-bizning do'stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. 
Bag'ritosh, 
;
shafqasiz, tabiatni mensimaslik kayfiyati bilan qaraydigan 
bolalarni 
hushyorlikka 
chorlaydi. 
To'garak 
mashg'ulotlarida 
yana 
hashoratlarni tugab, ularga ozor beradigan, chumolilar inini, qushlar uyasini 
buzadigan, o'simliklarni bosib, yulib oladigan o'quvchilarning xatti-
harakatlarini muhokama qilish zarurligini uqtiriladi. O'quvchilar to'garak 
ishlarida faqat mavzular o'rganib yoki turli kechalar o'tkazibgina qolmay, 
bevosita amaliy ishlar ham qiladilar. Ya'ni, gullarni o'stiradilar, 
qushlarni, quyonlarni boqib, parvarish qiladilar. Demak, o'quvchilarni 
tabiatni muhofaza qilishda, tabiat hodisalarini kuzatishga o'rgatishda
ekologik to'garaklarni ta'siri katta. 
Maktabda ekoligiyaga oid ta'lim-tarbiya birligi amalga oshirilsagina, 
o'quvchilarda bir butun ekologik bilimlar tizimi shakllanishi mumkin. 
Bunda, albatta, butun maktab jamoasining - sinf rahbarlari, fanlar 
o'qituvchilarining o'zaro hamkorligi talab qilinadi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng, xalq pedagogikasidan 
bahramand bo'lish zaruriyati tug'ildi. Atrof- muhitni muhofaza etish, 
moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid tarbiyani milliy qadriyatlar 
va an'analar, sharqona urf-odatlar orqali berish ehtiyoji paydo bo'ldi. 


O'qituvchining 
bolalarga 
ekologik 
ta'lim 
va 
tarbiya 
berishida 
xalqimizning o'ziga xos milliy tarbiyasidan o'rinli foydalanishi yaxshi 
samara beradi. Milliy tarbiyamizda to'rt narsa-yer, suv, tuproq, havo 
muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e'tiqod 
qo'yib, yozning eng jazirama kunlarida "Suv sayli" o'tkazgan. Ota-
bobolarimiz "Suv tabiat in'omi, hayot manbai" deb,-bejiz aytishmagan, har 
tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog'-rog'lar yaratishgan. Biz esa 
suvdan xo'jasizlarcha foydalanishimiz natijasida orol muammosining 
tug'ilishiga sababchi bo'ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan еrga 
to'la еtib bormasligi natijasida bugun O'rta Osiyo uchun ahamiyatli bo'lgan 
orolning butunlay yo'qolish havfi bo'ldi. 
Ma'lumki, еr yuzining to'rtdai uch qismi suv bilan qoplangan. Ammo 2,5 
foizi
yaqin chuchuk suv bor xolos. Demak, ichimlik suvidan ham tejab-
tergab foydalanish kerak. 
Tuproq ham insoniyat boyligidir. Ajdodlarimiz o'rmonlarni kesilishi, tuproq 
еmirilishining kuchayishiga, еr osti va еr usti suvlarning kamayishiga, 
iqlimning o'zgarishiga, hayvonlarning yo'qolishiga olib kelishini aniqlaganlar. 
Shuning uchun ham tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko'rsatganlar. Asrlar 
davomida yosh avlodni suvga tupurma, nonni bosma ko'zingga surt, daraxtni 
sindirma, qushlarga ozor berma deb, tarbiyalab keldilar. O'z qarashlarini halq 
og'zaki ijodi orqali ifodaladilar. Masalan, maqolalarda еr, еr osti 
boyliklari, suv, hayvonot olami, qushlar o'simliklar va boshqa tabiat 
boyliklarini chuqur mazmunli satrlarda ta'rifladi. Hatto oldinlari farzand 
dunyoga kelsa, unga atab, yaxshi umidlar bilan ko'chatlar o'tqazganlar. 
Donishmandlik 
durdonasi 
hisoblangan 
hadislar 
ta'lim-tarbiyani 
singdirishga katta yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish haqida hadislarda 
ham diqatga sazovor fikrlar aytilgan. Masalan, "Soyasidan xalq foydalanib 
turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do'zaxga mahkum etur", 
deb insonlarni qo'rqitish orqali tabiatga zarar keltirmaslik targ'ib qilinsa, 
"Dehqonchilik bilan shug'ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga 
qo'riqchilarni ko'paytiringlar" deyishi bilan xalol mehnat samarasini ko'rish 
zarurligini uqtiriladi. Qaysi bir musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt 
o'tqazsa, so'ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan 
еyilgan narsaning har biridan unga sadqa savobi yoziladi» - deb bag'ri
kenglik, jonzotlarni asrash zarurligi goyasi ulug'lanadi. "Ekmoq 
niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda, bexosdan qiyomatqoim bo'lishi 
aniq bo'lganida ham ulgursangiz, uni ekib qo'yavering", "Kim suv toshqinini 
to'xtatsa yoki yong'inni o'chirsa, unga shaxidlik ajri beriladi" kabi hadislarda 
ekoligiya va tabiat muhofazasiga oid tushunchalar beriladi. 
Demak, ota-bobolarimiz azal-azaldan tabitaga yuksak mehr va 
ehtirom ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chatlarni, xovlilarni 
sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga munosabati urug' qadash, qovun 
sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro'z bayrami, xirmon to'yi 
kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari ularning 
hayot tarziga aylanib ketgan. 


Bu muqaddas zaminni - bu diyorni obod etish, uning atrof-muhitini toza 
saqlash 
Shu 
mamlakat 
har 
bir 
fuqarosining 
insoniy 
burchidir. 
Obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik 
va xushmuomalalik har bir inson uchun, xususan, pedagoglar va 
o'qituvchilar uchun ham ekologik ma'naviy mezondir, o'quvchilar 
ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: 
-Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular
orasidagi bog'lanish; 
-Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish; 
-Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash; 
-Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. 
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o'quvchilarda tabiatni 
muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg'otadi, tabiatni himoya qilish 
uchun kurashishga, uning go'zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga 
muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy 
belgilarni rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling