11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-mavzu: Ekologik va jismoniy tarbiya


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

 


18-mavzu: Ekologik va jismoniy tarbiya.
 
REJA: 
1. Ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyati.
2. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi. 
3. Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. 
Tayanch so‘z va iboralar: ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik ta‘lim, tabiiy 
boylik, atrof-muhit, iqlim, ekologik muvozanat, ekologik madaniyat.
1. "Ekologiya" - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va 
tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga 
keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir.
O'zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida еr va еr osti 
boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash, bu 
boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy 
boyliklarni uzluksiz ko'paytirib borishni ta'minlash, insonning atrof-muhitni 
yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko'rishi zarurligi ta'kidlangan. 
O'zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni 
muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis 
etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim tarbiya konsepsiyasi»ning 
ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik 
muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.
Ayniqsa, umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi sinflarning 
tashkil etilishi, bu asosda lisey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab 
partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini 
ko'rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo'ygan har bir yosh, qanday 
ixtisos egasi bo'lishidan qat'i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid 
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishi kerak. 
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning 
tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'lar ekan. Aholi sonining tez 
o'sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko'payib bormoqda. Ayniqsa, 
еr, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muamolar butun dunyo 
(global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag'ridan har yili 120 mlrd. 
tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg'ining qazib 
olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab 
bo'lmoqda. Ko'pgina zararli korxonalar, zavodlarning ham oqar suvga yaqin 
joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo'lib borayotir. 
Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib
kasalliklar ko'paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi 
masalasi endi ekologik muammolarni еchishga bog'liq bo'lib qoldi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling