23. Xorijiy adabiyotlarni jalb qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar holati hamda xalqaro jurnallarda maqola va monografiyalar chop etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati


Download 9.67 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi9.67 Kb.
#1703091
Bog'liq
23-ga javob


16. oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida Axborot-resurs markazi faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, institutda o’qitilayotgan barcha fan ishchi dasturlariga kiritilgan asosiy o’quv adabiyotlar xatlovdan o’tkazildi. Xatlov natijalari bo’yicha Axborot-resurs markazi fondini to’ldirish uchun 264 nomda 10360 nusxa o’quv adabiyotlari, 145 nomda 435 nusxa badiy adabiyotlar, 21 nomda 126 nusxa xorijiy ilmiy adabiyotlarni harid qilish bo’yicha adabiyotlar ro’yxati shakllantirildi.
Bugungi kunda 33 nomda 198 nusxa adabiyotlar qayta nashr qilinib institut ARM fondiga olib kelindi. Xozirda institut professor-o’qituvchilari tomonidan 21 nomdagi xorijiy o’quv adabiyotlarni tarjima qilish va qayta nashrga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xozirda Axborot-resurs markazi fondini boyitish maqsadida qiymati 713 010 525,64 so’mlik adabiyotlar ro’yxati shakillantirilgan.

23. Xorijiy adabiyotlarni jalb qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar holati hamda xalqaro jurnallarda maqola va monografiyalar chop etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati.
- Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti 2023-2024 - o’quv yilidan o’z faoliyatini boshlagan. Institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o‘tkazish bo’yicha o‘quv ishlari bo’yicha prorektor, fakultet dekani, axborot-resurs markazi rahbari, oliy ta’lim muassasasining mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlarining vakillari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh a’zolari ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Institutda xalqaro jurnallarda maqola va monografiyalar chop etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o’rganish bo’yicha ilmiy innovatsion faoliyat elektron bazasini ishga tushirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Unda asosan:

  • Chop etilgan monografiyalar;

  • Dissertatsiya himoyasi (DSc);

  • Dissertatsiya himoyasi (PhD);

  • Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish;

  • Intellektual mulk ob’ektlari(patent, mualliflik guvohnomalari);

  • Nomdor stipendiyalar sohiblari;

  • OAK ro‘yxatidan o‘tgan jurnallarda chop etilgan maqolalar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sohiblari;

  • Respublika miqyosidagi konferensiyalarda chop etilgan maqola, tezislar;

  • Respublika va xalqaro olimpiadalari g‘oliblari;

  • Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari;

  • Scopus elektron bazasida chop etilgan maqolalar;

  • Xalqaro konferensiyalarda chop etilgan maqola, tezislar;

  • Yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan maqolalar;

kabi ilmiy innovatsion faoliyat turlari bo’yicha ma’lumotlarni aniqlash va to’plash, statistik hisobotlarini yuritish mumkin.


Download 9.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling