Universitet stipendiya tayinlash komissiyasining 2022 yil 21 fevraldagi 2-yig’ilish bayonnomasi


Download 271 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi271 Kb.
#1245490
  1   2   3
Bog'liq
stipendiya pratakoli namuna 2-сон 21.02.2022 йил




Universitet stipendiya tayinlash komissiyasining
2022 yil 21 fevraldagi 2-yig’ilish
BAYONNOMASI

Farg’ona shahar 21.02.2022 yil




QATNASHDILAR: R.Shukurov – o ’quv ishlari bo’yicha prorektor, rais; A.Tojaliev – o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, rais o’rinbosari; I.Xaydarov – ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i, a’zo; O.G’ofurov – Kasaba uyushmasi raisi, a’zo; R.Sharofitdinov – Jamoatchilik kengashi raisi, a’zo; D.Ikromov – “Yoshlar ittifoqi” Kengashi raisi, a’zo; X.Jurayev – tarix fakulteti dekani, a’zo; U.Maqsudov – pedagogika-psixologiya fakulteti dekani, a’zo; A.Turaxanov – jismoniy madaniyat fakulteti dekani, a’zo; Q.G’oziev –matematika-informatika fakulteti dekani, a’zo; R.Zokirov – chet tillari fakulteti dekani, a’zo; E.Ibragimova – filologiya fakulteti dekani, a’zo; Sh.Shuxratov – ijtimoiy-iqtisodiy fakultet dekani, a’zo; K.Asqarov – tabiiy fanlar fakulteti dekani, a’zo; Z.Akbarova – maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani, a’zo; M.Isag’aliev – zootexniya fakulteti dekani, a’zo; I.Saidov –harbiy ta’lim fakulteti dekani, a’zo; F.Yuldashev – san’atshunoslik fakulteti dekani, a’zo; SH.Shuxratov – fizika texnika fakulteti dekani, a’zo; A.Abdumalikov – sirtqi bo‘lim boshlig‘i, a’zo; N.Toirova – ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani, a’zo; D.Darmonov – uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik fakulteti dekani, a’zo; Z.Mamatqulov – hisobchi, a’zo; Y.Yigitaliyev – matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori, a’zo; N.Xasanov – chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori, a’zo; Z.Ergashova – pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori, a’zo.
KUN TARTIBI
Talabalarga stipendiya tayinlash to’g’risida
ESHITILDI: O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov so’z olib, ingliz tili va adabiyoti fakulteti bo’yicha ishchi guruh raisi N.Toirovaning ma’lumotiga asosan xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishlari 1-kursi bo’yicha davlat granti asosida 66 nafar talabalar bo’lib, 2021-2022 o’quv yilining birinchi yarim yillik natijalari ko’ra universitet stipendiya tayinlash komissiyasining tavsiyasi bilan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomaga asosan 59 nafar talaba o’zlashtirish darajasiga bog’liq ravishda (barcha fanlardan a’lo bahoga o’zlashtirgan 2 nafar talabaga 20% qo’shimcha bilan) 2022 yil 1 martdan 1 sentyabrgacha stipendiyaga tavsiya etildilar.
2021-2022 o‘quv yilining 1-yarim yillik natijalari bo‘yicha oraliq nazorat turlaridan saralash ballarini yig’a olmay akademik qarzdor bo‘lgan 3 nafar (davlat granti) talabalarga yozgi semestrda o‘z hisobidan qayta o‘qish uchun nizomda belgilangan tartibda imkoniyat berildi.
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishlari 1-kursi bo’yicha jami to’lov-kontrakt asosida 150 nafar talaba bo’lib, 2021-2022 o’quv yilining birinchi yarim yillik natijalari ko’ra universitet stipendiya tayinlash komissiyasining tavsiyasi bilan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomaga asosan 119 nafar talaba o’zlashtirish darajasiga bog’liq ravishda (barcha fanlardan a’lo bahoga o’zlashtirgan 5 nafar talabaga 20% qo’shimcha bilan) 2022-yil 1-martdan 1-sentyabrgacha stipendiyaga tavsiya etildilar (2021-2022-o‘quv yili uchun o‘qish haqini stipendiyali miqdorini kamida 100% ni universitet hisobiga o‘tkazgandan so‘ng).
Shuningdek, “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomaga asosan xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishlari 1-kursi talabalaridan 12 nafari oraliq nazorat turlaridan saralash ballarini yig‘gan, ammo yakuniy nazoratlardan o‘ta olmay akademik qarzdor bo‘lganligini inobatga olib 2021-yil 31-avgustdagi “Talabalarni kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilish tartibi”ning 26-bandi bo‘yicha 1 martalik bepul qarzdorlikni bartaraf etishlari uchun qo’shimcha muddatlar berildi.
2021-2022 o‘quv yilining 1-yarim yillik natijalari bo‘yicha oraliq nazorat turlaridan saralash ballarini yig’a olmay akademik qarzdor bo‘lgan 21 nafar (to’lov kontrakt) talabalarga yozgi semestrda o‘z hisobidan qayta o‘qish uchun nizomda belgilangan tartibda imkoniyat berildi.
Berilgan ma’lumotlar fakultet ishchi guruhi taxlili asosida stipendiyaga tavsiya etish bayonnomalarida o’z aksini topganligiga e’tibor qaratdi.

Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling