11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati
Download 0.86 Mb.
|
11 МАВЗУ ХИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd. so’m 11.5.1-rasm.
11.5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati
Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida «2009 yilda xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qoladi» deb belgilab berdilar. 2009 yilda kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biznes yangi-yangi ish o’rinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 foizdan ortig’ini tashkil etmoqda. Shu sababli Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institustional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda (11.5.1-rasm). Shu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd. so’m 11.5.1-rasm. Joriy yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining investistiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlardagi chakana savdo, ulgurji va chakana savdo faoliyatini yurituvchi dorixonalar uchun 1 foizgacha pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi miqdorida undirish belgilandi. O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Imtiyozli kredit stavkalari, masalan, biznesni boshlash uchun ajratiluvchi kredit stavkasi 5%dan 3% ga qadar pasaytirildi va h.k. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xomashyo va resurslardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli, monopol mahsulotlar turlari pozistiyalari 136 tadan 195 tagacha ko’paydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 martdagi 36-sonli «Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabini hisobga olgan holda birja savdolariga qo’yish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga monopol mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qo’ydirish bo’yicha vakolat hamda yuqori likvidli tovarlar moddiy balanslariga tegishli o’zgartirish kiritish bo’yicha imkoniyat berildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirish maqsadida birja xizmatining komission xarajatlari o’rtacha 25% gacha pasaytirildi va birja savdolarida qatnashish uchun to’lanadigan garov puli 10% gacha oshirildi. Tadbirkorlar uchun engillik yaratish maqsadida quyidagi to’lovlar miqdorini kamaytirish bo’yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqildi: arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini (ART) ishlab chiqishga ketadigan to’lovlar – 2 martagacha; ekologik ekspertizadan o’tkazish to’lovlari – 20 foizdan 90 foizgacha; turar joylarni noturar joy toifasiga o’tkazish xarajatlari – 9 martagacha; loyihalash hujjatlarini ekspertiza qilish xarajatlari – 2 martagacha. Shuningdek, bankda hisob raqami ochish va yopish uchun olinadigan to’lovlar umuman bekor qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida uni tartibga soluvchi 200 dan ortiq qonun hujjatlari loyihalari ekspertizadan o’tkazildi. Buning natijasida 26 ta qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi, 76 ta idoraviy me’yoriy-huquqiy va qonun osti hujjatlari loyihalari ekspertizadan o’tkazildi. Birgina 2008 yilda xo’jalik sub’ektlarini modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 trln. 534 mlrd. so’m miqdorida investistion kreditlar ajratildi. O’tgan yili banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 2007 yilga nisbatan 68,2 foiz oshib, 1 trln. 251 mlrd. so’mni tashkil etdi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling