11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


Download 0.86 Mb.
bet1/8
Sana25.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1654839
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 МАВЗУ ХИ


11-Mavzu.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


11.1.Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati



Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi.


I.Karimov
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo’jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyotining keskin avj olishi natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilishidagi ulushi 1992 yilda 1,5%, 2000 yil 31,5%, 2007 yilda esa 46,2%ni tashkil qilgan. Xulosa qilish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi ulushining ortishi bilan mamlakat milliy iqtisodiyotidagi ularning ahamiyati ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining soni 414 mingdan oshib ketdi. Bu ko’rsatkich ro’yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 90% ini tashkil etadi.Iqtisodiyotda band bo’lgan aholining 71% ga yaqini ushbu sektorda faoliyat yuritmoqda. Yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 97% i, chakana savdo aylanmasining 45% idan ortig’i, xizmat ko’rsatish sohasining 42 % i, yuk tashish aylanmasining 67 % i, yo’lovchi tashish aylanmasining 86% i kichik korxonalar ulushiga to’g’ri kelmoqda.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi.
Natijada 2008 yili faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni qariyb 400 mingtani tashkil etdi, bu mazkur ko’rsatkichning so’nggi olti yil mobaynida 1,9 barobar ko’payganligini bildiradi (11.1.1-rasm).

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling