O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati
Download 21.67 Kb.
|
Ali@@@@ Strategiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: 1.
BI-51I guruh talabasi Alikhanov Kamoliddin “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”fanidan yakuniy nazorat savollari Variant – 4 1. Yoshlarga oid Davlat siyosatini takomillashtirish. 2. Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida. 3. Soliq yukini kamaytirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish. Javoblar: 1. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligidan dalolat bermoqda. Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va iste’dodini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganligini hayotni oʻzi koʻrsatmoqda. Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fiklaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, хalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. Dastur yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning muhim mazkur yetti yo’nalishini o’zida mujassam etgan: Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish Yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikka jalb etish Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo’lga qo’yish. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish Voyaga Yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabilar. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 3 fevraldagi “Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ushbu tuzilmaning huquqiy asosi, mahallani aholiga eng yaqin va xalqchan tuzilmaga aylantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu hujjatda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari, bir qator yangi qonun-qoidalar joriy etilishi ko’rsatib o’tildi. Bundan asosiy e’tibor fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yagona shaffof qulay tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlashga qaratildi. Farmonning eng muhim jihati mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashini fuqarolar yig’inlarining uyushmasiga aylantirish, unga yuridik shahs maqomini berish va doimiy asosda ishlaydigan ijro tuzilmasini tashkil etish nazarda tutilgan. Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va xududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida “Maxalla” fondining tegishincha Respublika boshqaruvi hamda xududiy bo’lim va bo’linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo’llab-quvvatlandi. Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora - tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Albatta, mazkur Farmonda nazarda tutilgan har bir chora-tadbir, mamlakatimizda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashuvi, yaxshilanishi, xalqimizning ko’p asrlik noyob, o’ziga xos va mos urf-odat, an’analari keyingi avlodlarga bekamu ko’st etkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmon mamlakatimizda mahalla institutlarini rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu esa fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi. 3. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi. Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda: Erkin raqobat muhitini yaratish, narxlarning barqarorligi va imtiyozlarning manzilliligini ta'minlash maqsadida imtiyozlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning alohida turlariga joriy etgan holda ularni individual tartibda berish amaliyotidan voz kechish. Soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish. Kichik korxonalarni tez sur'atlarda rivojlanib, ishchilar sonini ko‘paytirishi hamda yirik korxonalar toifasiga o‘tishini rag‘batlantiruvchi tizim joriy etish. Soliq ma'muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metodologiyasini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish. Bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish va eksport-import sohasini tartibga solish. Bojxona ko‘rigini xavfni boshqarish tizimi orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish. Download 21.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling