11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


Kichik biznes sub’ektlarining investistion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish


Download 0.86 Mb.
bet5/8
Sana25.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1654839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 МАВЗУ ХИ

11.4.Kichik biznes sub’ektlarining investistion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish

Mamlakatimizda amalgan oshirilayotgan izchil islohatlarining ustivor yo’nalishlaridan biri – bu kichik biznes xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Xalqaro andozalar talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarish texnologiyalari zarur bo’ladi, lekin bunday ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish istagi bo’lgan kichik biznes subektlarining barchasi ham o’z mablag’lari hisobidan bu ishni amalga oshira olmaydi. Bunda kichik biznes subektlarining yaxshi investistion loyihalari xorijiy kredit liniyalari va 6anklar mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlashda xorijiy kredit liniyalari mablag’larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular negizida moliyaviy jihatidan baquvvat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar tadbirkorlik sub’ektlariga eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa milliy xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar hamda kundalik ehtiyoji halq iste’moli tovarlarini nazarda tutadigan investistion loyihalarga o’rta va uzoq muddatga beriladi. Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki “Paxta bank”, “O’zsanotqurilishbank”, “Asakabank”, “Ipoteka bank”, “Ipak Yo’li banki”, va “Xamkorbank” tomonida kichik va o’rta biznes sub’ektlarining investistin loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari jalb qilingan.
Shu sohada erishilayotgan yutuqlariizdan tashqari ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) larning yaxshi ishlanmaganligi xorijiy kredit liniyalari o’zlashtirilishining kechikishiga asosiy sabab bo’lmoqda. Aksariyat hollarda taqdim etilgan TIA larda sotib olinadigan xom-ashyolar narhlarining kamaytirilib ko’rstilishi sotib olinadigan texnologik uskunalar hamda sotiladigan mahsulotlar narxlarining real narxlarga nisbatan oshirib ko’rsatilishi TIA larning qayta tayyorlashiga va tadbirkorlikning ortiqcha vaqt sarflab ovora bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
Chet el kreditlari o’z vaqtida o’zlashtirilmasligining yana bir sababi kredit berilishida asosiy shartlardan biri bo’lgan kredit ta’minotining etishmasligidir. Investistion loyihalari ma’qullagan tadbirkorlik sub’ektlarining 40-50 foizi belgilangan miqdordagi yoki likvidli ta’minot taqdim etilmaganligi sababli viloyatlarni moliyalashtirish kechikmoqda.
Xozirgi kunda ushbu muammolarning echimini topishga ayrim omillar ya’ni:

  • ko’chmas mulk bozorining (ishlab chiqarish xarakteridagi) rivojlanmaganligi;

  • qimmatli qog’ozlar bozorining etarli rivojlanmaganligi;

  • kafil bo’la oladigan moliyaviy barqaror korxonalarning kamligi salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Kichik biznes sub’ektlarining kredit olishda ta’minotining etishmasligi muammosi faqat bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarda emas balki rivojlangan AQSh, Yaponiya va Evropa davlatlarida ham mavjud. Ushbu davlatlarda bu muammo Davlat kafolat fondi orqali tijorat banklari kreditlarining 50-80 foizgacha miqdordagi kafillik berish orqali o’z echimini topadi. Ushbu muammoning dolzarbligini inobatga olib kredit berilishida ta’minotning etishmasligi muammosini hal etish maqsadida, kichik va xususiy tadbirokrlikni rivolantirishni rag’batlantirish bo’yicha Respublika muvaffaqlashtiruvchi kengashning 2003 yil 25 iyundagi yig’ilishida moliya vazirligi va boshqa mutasaddi vazirliklarga kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat fondini tuzish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Davlat kafolat fondini tashkil etishdan asosiy maqsad, kredit olishda ta’minoti bo’lmagan yoki qisman bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlariga kafolat beradigan moliyaviy institutni vujudga keltirishdir.
Ushbu fond bank depozitiga qo’yiladigan kafolat kapitaliga ega bo’lib, qarzdor kredit bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga noqobil bo’lib qolgan taqdirda, uni to’lash manbasi bo’lib xizmat qiladi. Jamg’arma tomonidan kafolat bo’yicha majburiyatlar bajarilgandan keyin, unga qarzdordan kafolat bo’yicha bankka to’langan summani olish huquqi o’tadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining kafolat fondiga yoki fond bilan xamkorlik qilayotgan bankka taqdim qilgan arizasi unga kafolat berishga asos bo’lib xizmat qiladi. Kafolatlar faqatgina asosiy qarz bo’yicha va to’lov asosida beriladi. Tashkil etiladigan fond, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat hududlari va tarmoqlarida kapital qo’yilmalarini taqsimlaydigan instrument bo’lib xizmat qiladi. Fond ushbu vazifani milliy iqtisodiyot yoki ma’lum bir xudud rivojlanishi dasturi va konstestiyasiga mos tushadigan investistiyalarning qaytishi uchun kafolat berish yo’li bilan bajaradi. Davlat kafolatlari odatda, investorlar tomonidan har tomonlama ishonchli vosita sifatida tan olinadi. Fond tomonidan 100 foizli kafolatlarning taqdim qilinishi mumkin emas. Sababi, bunday holat qarzdorlar faoliyatining norastional qilib qo’yadi, ya’ni kreditorlar tavakkalchilikni jiddiy tahlil qilmasligi va investistiyaning o’zini oqlash darajasini xisobga olmasligi mumkin. Shuning uchun qarz oluvchi to’lovga qobiliyatsiz bo’lib qolganda fond tomonidan investistiyaning o’rtacha 50 foizidan oshmagan miqdorda kafolat berish tartibini o’rnatish maqsadida muvoffaq bo’ladi. Milliy iqtisod manfaatlari nuqtai nazaridan muhimroq xisoblangan investistiyalar uchun mazkur me’yor oshirilishi, muhimlik darajasi pastroq bo’lgan loyihalar uchun kamaytirilishi mumkin.
Kreditlarii kafolatlash nafaqat qarzdorni turli moliyaviy yo’qotishlardan himoya qiladi, u hattoki butun tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim instrumenti sifatida ham xizmat qiladi. Chunki, davlat kafolat jarayonida ishtirok etib kreditorlar bilan birgalikda tavakkalchilikni o’zaro o’rtada taqsimlagan holda kredit mablag’larini jalb qilishni tezlashtiradi.
Xorijda kafolatlash tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning eng ommaviy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi va davlat kafolat fondlarining asosiy ta’sischisi sifatida qatnashadi.
Hozirgi kunda AQSh Kichik biznes Administrastiyasi (The Small Business Administration), Kanada kichik biznes kreditlari to’g’risidagi qonuni tizimi (SBLA), Buyuk Britaniyadagi Kredit kafolati tizimi (LGS) faoliyat yuritishmokda. Kafolatlash tizimi 1994 yildan boshlab Germaniya, Belgiya, Ispaniya, Franstiya va Italiya davlatlarida ham o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlarda, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Indoneziya davlatlarida mazkur amaliyot 30 yiddan ortiq davr mobaynida faoliyat ko’rsatib kelmokda. Misol uchun, Yaponiyada mazkur tizim 1947 yildan, Janubiy Koreyada 1971 yildan, Malayziyada 1971 yildan va Indoneziyada 1972 yildan boshlab davlat kafolat tizimi amal qila boshlagan.
Ushbu davlatlarning bu sohadagi ko’p yillik tajribasidan biz ko’plab foydali jihatlarini olsak bo’ladi. Osiyodagi kafolatlash tizimlarining barchasi davlat say-harakatlari asosida tashkil qilingan korporastiyalar yumonidan boshqariladi.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash Davlat kafolat fondining boshlang’ich mablag’ini esa quyidagi mablag’lar, ya’ni:
- davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar;
- davlatning boshqa likvidli aktivlari (akstiyadorlik jamiyatlaridagi davlat akstiyalari);
- jamg’arma faoliyatining daromadlari;
- homiylik ajratmalari hisobiga shakllantirish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub’ektlariga kreditlar berilishida ta’minotning etishmaslik muammosini hal etish maqsadida kichik biznesni qo’llab quvvatlash Davlat kafolat fondini tuzish maqsadga muvofiqdir
Bu esa mamlakatimizga jalb qilinadigan xorijiy investistiyalar miqdorining ortishiga va ularning o’zlashtirilishining tezlashishiga olib keladi. Natijada banklarimiz bilan xorijiy kredit muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari yanada samarali bo’ladi hamda mahalliy xom ashyolar negizida ishlab chiqarilayotgan import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan tovarlar hajmi ortadi va ko’plab yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling