11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investistiyalar


Download 0.86 Mb.
bet4/8
Sana25.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1654839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 МАВЗУ ХИ

11.3.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investistiyalar

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari qatoridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham o’rin olgan. Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi.


Tadbirkorlar o’z faoliyatlari bilan eng muhim, dolzarb muammoni, ya’ni ichki bozorning keng xalq iste’mol mollariga bo’lgan talabini qondirish va ishsizlikni tugatishdek ijtimoiy muammoni echishga yordamlashadi.
Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlar yangi ijtimoiy qatlam va sinf sifatida shakllanmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va shu asosda aholi-keng tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va kengaytirishga qaratilgan qator farmon hamda hukumat qarorlari qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish to’g’risida"gi 2004 yil noyabr Qarorini hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport va import operastiyalarining qonuniyligini ta’minlash va daromadlarini hisoblashga doir bir qator yangiliklarni o’z ichiga olgan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi. Davlat statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan 2004 yil 11 noyabrdagi "Savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlarning tovar operastiyalari va daromadlarini hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi qarorlari ham xususiy tadbirkorlarga yaratilgan yangi bir yo’nalishdir.
Bundan tashqari, respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qancha chora-tadbirlar, jumladan, 2004 yil may oyidan boshlab asosiy maqsadi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar va yangi bank xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat bo’lgan "Bussines Leasing" kompaniyasining faoliyat yuritishi; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2004 yil 7 iyulda xususiy tadbirkorlikka kelajakda yanada yaxshi sharoitlar yaratish, biznes muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy tadbirkorlar bilan aloqalarini o’rnatish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozordagi faolliklarini oshirish, mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni ko’prok, jalb qilish maqsadida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishi kabilar ham mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish va uning YaIMdagi ulushini ko’paytirish, bozor iqtisodiyoti talablariga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda:
- xorijiy investistiyalarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishni rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
- davlat tashkilotlarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash;
- xususiy tadbirkorlarning resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish;
- moliyaviy qo’llab-quvvatlash va qo’shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish asosiy vazifalar jumlasidandir.
Tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda asosiy bo’g’in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining takomillashuvi hamda milliy farovonlikka erishishning muhim omilidir.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling