11-Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investistiyalarni jalb etish


Faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni, ming birlik


Download 0.86 Mb.
bet2/8
Sana25.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1654839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 МАВЗУ ХИ

Faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni, ming birlik



11.1.1-rasm

Faoliyat ko’rsayotgan kichik biznes sub’ektlarining salmog’i 1,7% ga, shu jumladan sanoatda – 1,3% ga, qurilishda – 3,4% ga, transportda – 22,2% ga va boshqa ishlab chiqarish sohalarida – 9% ga oshdi. Faoliyat ko’rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ulushi 8,6% ni tashkil etdi. O’z o’rnida aytish kerakki, bu ayrim rivojlangan mamlakatlar ko’rsatkichidan ancha past.


Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi o’tgan yili salkam 22 foizga ko’paydi. Bu sanoat tarmog’idagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan ancha ko’pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko’tarildi (11.1.2-rasm). Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo’lgan jami aholining 76 foizdan ko’prog’i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishga oid dasturlarni amalga oshirish natijasida o’tgan yilda 37 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub’ektlari, 119,6 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Shuningdek, tarkibiy o’zgartirilayotgan monopolist-korxonalarning foydanilmayotgan quvvatlarida 130 ta turli mulkchilik shakllariga asoslangan yangi kichik korxonalar tashkil etilib, ularda 7,5 mingga yaqin ish o’rinlari yaratildi. 83 ta bankrot korxonalar negizida 92 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, ularda 9,8 mingta ish o’rinlari yaratildi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi, foizda

11.1.2-rasm
Mamlakatimizdagi aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko’rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. O’tgan yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes sohasida – 374 mingta, xizmat ko’rsatish va servis sohasida – qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa – 97 ming 800 ta yangi ish o’rni yaratildi.
Kichik korxonalarni rivojlantirishda bank moliya tizimining o’rnini alohida ta’kidlash lozim. Iqtisodiyotda kichik korxonalarning faoliyat yuritishi yirik koxonalarni ayrim xarajatlardan xolos etib, ko’p hollarda yirik korxonalarda qo’llaniladigan yangi texnika va texnologiyaning kichik korxonalarda qo’llanishida ko’proq samara beradi. Kichik korxonalar jamiyat uchun boshqa korxonalarga nisbatan ko’proq yangi tovarlar etkazib bera oladi hamda iste’molchilarning talabini kengroq o’rganib, o’z faoliyatini talabga moslashtira oladi.
Kichik korxonalarda mehnatni tashkil etish iste’dodli kadrlarning ijodiy faoliyatidan samarali foydalanish bilan birga ularning jamiyatga tanilishiga ham imkoniyat yaratadi. Boshqa korxonalarga nisbatan kichik korxonalarda tajribali mutaxassisilardan foydalanish nihoyatda yuqoridir. Mahalliy xomashyolardan foydalanish, chiqindilar va mehnat salohiyatidan foydalanishda kichik koxonalar uchun imkoniyatlar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan talab kapital aylanishining tezlashishi aynan kichik korxonalarda yo’naltirilgan kapitalning o’z-o’zini boshqarayotgan korxonalarga nisbatan uch maratoba yuqoriligi isbotlangan.
Yuqoridagi fikrga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash davlat siyosatining samarali natijasi sifatida mamlakatimizda bandlik, aholi farovonligi ta’minlanmoqda va bu soha makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy iqtisodiy omillardan biri vazifasini bajarmoqda. Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga qaratilgan islohotlar tufayli kichik biznes taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, lekin bu holat hali kichik biznes faoliyati uchun tayyor harakat dasturini bermaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari, birinchi navbatda kichik biznes uchun soliq yukini pasaytirish va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish sohasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlar respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida amaliy natijalar bermoqda



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling