Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev







SO’Z BOSHI 
 
Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal 
sur’atlarda rivojlanishi va texnikaning bir avlodidan ikkinchisiga o’tish 
davrining 
yildan 
yilga 
qisqarishi 
kuzatilmoqda. 
Respublikamiz 
mustaqillikka erishgandan so’ng telekommunikatsiya tarmoqlarini jahon 
standartlari asosida rekonstruktsiyalash va rivojlantirish ishlarini tubdan 
jadallashtirishga talab kundan kun oshib bormoqda. Shu bilan birga 
qo’yilgan talablarni bajarish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayon 
Respublikamiz 
telekommunikatsiya 
tarmog’iga 
katta 
hajmdagi 
investitsiyalarni kiritish va tarmoqni yangi texnika va texnologiyalar 
asosida qayta qurishga olib keldi. Sarflangan xarajatlarni qoplash va bu 
murakkab texnika vositalarining uzluksiz va samarali ishlashini 
ta’minlashning asosiy omillaridan biri telekommunikatsiya sohasida 
xizmat 
qilayotgan 
mutaxassislarning 
malakasidir. 
Shu 
sababli 
telekommunikatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning 
malakasini doimiy ravishda oshirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan 
ustuvor masalalardan biridir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko’rsatib o’tilganidek, 
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash asosida yagona axborot 
makonini yaratish Respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirishning 
asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan masalani echishda telekommunikatsiya 
sohasidagi adabiyotlar, xususan davlat tilida tayyorlangan o’quv va ilmiy 
texnik adabiyotlarning mavjudligi katta o’rin egallaydi. 
«Kommutatsiya tizimlari» o’quv qo‘llanma Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari 
fakulteti bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan. O’quv qo’llanma yetti 
bo’limdan iborat. O‘quv qo‘llanmada kommutatsiya tizimlarida signalni 
uzatish tamoyillari, kommutatsiya tizimining umumiy tuzilishi, raqamli 
kommutatsiya 
tamoyillari, 
signalizatsiya, 
boshqarish 
va 
raqamli 
kommutatsiya tizimini amaliyotga tadbiq etish tamoyillari keltirilgan.
Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llanilayotgan 
raqamli kommutatsiya tizimi, ya’ni C&C08 ning texnik tavsifi, funksional 
sxemasi, konfiguratsiyasi va chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari 
keng yoritilgan. O‘quv qo‘llanmaning yakunida keyingi avlod tarmog‘i 
(NGN
-Next Generation Networks
) ning tuzilishi, uning elementlari va 
tarmoqqa qo‘llash zaruriyatlari keltirilgan. 




Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling