11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari


Korporativ kotib: majburiyatlari va javobgarligi. Korporativ xulq - atvor kodeksi. Korporativ huquq tushunchasi


Download 54.89 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi54.89 Kb.
#1640333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

11.6. Korporativ kotib: majburiyatlari va javobgarligi. Korporativ xulq - atvor kodeksi. Korporativ huquq tushunchasi.


Korporativ xulq - atvor kodeksida direktorlar Kegashi tarkibiga Mustaqil Direktor kiritish tavsiya etiladi. Kodeksda jamiyat direktorlar Kengashi a’zosining majburiyatlarni ijro etish yetti yillik muddati tugagandan sо‘ng Mustaqil Direktor mustaqil sifatida kо‘rib chiqilishi mumkin emasligi belgilab qо‘yilgan.
Korporativ xulq - atvor kodeksida, shuningdek, direktorlar kengashi (DK) tarkibida direktorlar kengashi vakolatlari doirasiga kiradigan eng muhim masalalarni dastlabki kо‘rib chiqish uchun maxsus qо‘mitalar tashkil qilish tavsiya etiladi:

  1. Strategik rejalashtirish bо‘yicha qо‘mita uzoq muddatli istiqbolda jamiyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

  2. Audit bо‘yicha qо‘mita (jamiyatning moliya - xо‘jalik faoliyati ustidan DK nazoratini ta’minlaydi).

  3. Mukofotlash va kadrlar bо‘yicha qо‘mita (jamiyatni boshqarishga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilishga va ularning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur choralar yaratishga xizmat qiladi).

  4. Korporativ nizolarni tartibga solish bо‘yicha qо‘mita (AJ ishtirokida korporativ nizolarning oldini olish va samarali hal etishga xizmat qiladi).

  5. Etika bо‘yicha qо‘mita (jamiyatning ahloqiy meyorlarga rioya qilishi va jamiyatda ishonch asosidagi munosabatlar shakllantirishga xizmat qiladi).

DK samarali ishlashi – kompaniyalar investitsion jalb etuvchanligini oshirish, ularning aksiyadorlik qiymatini о‘stirishning muhim omili, DKning о‘zi esa – korporativ boshqaruv sifatli tizimining bosh elementi hisoblanadi.
Boshqarma vakolatlari qonunchilikda belgilab berilmagan, biroq qonunda boshqarma vakolatlari jamiyat nizomi tomonidan belgilanishi kо‘rsatilgan. Korporativ xulq - atvor kodeksi boshqarma vakolatlari doirasiga quyidagilarni kiritishni tavsiya etadi: faoliyatning ustuvor yо‘nalishlari va moliya - xо‘jalik rejasini ishlab chiqishni tashkil qilish, jamiyatning ijroiya organlari vakolatlariga kiritilgan ichki hujjatlarini tasdiqlash.
Qonunda jamiyatning ijroiya organlari majburiyatlari yо‘q, lekin unda bosh direktor va boshqarma a’zolarining huquq va majburiyatlari jamiyat bilan ularning har biri tuzgan shartnomaga kо‘ra belgilanishi kо‘rsatilgan. Kodeksda ijroiya organlari har oy direktorlari Kengashi oldida о‘z faoliyati haqida hisobot berishi tavsiya etilgan.

Download 54.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling