11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari
Download 54.89 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi. Aksiyadorlar va manfaatdor shaxslar.
11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari. 11.1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi. Aksiyadorlar va manfaatdor shaxslar. 11.2.Direktorlar yig‘ilishi: tarkibi va tuzilmasi. Direktorlar yig‘ilishining vazifasi va majburiyatlari. Direktorlar qо‘mitasi. 11.3.Mustaqil direktorning vazifasi va roli. Mustaqil direktorlar kodeksi. 11.4.Ijro etuvchi organlarning shakllanishi va ish faoliyatining tugatilishi. Ijro etuvchi organlar majburiyatlari. Ijro etuvchi organlar va direktorlar yig‘ilishining о‘zaro bog‘liqligi. 11.5. Korporativ maslaxatchi: majburiyatlari va javobgarligi. 11.6. Korporativ kotib: majburiyatlari va javobgarligi. Korporativ xulq - atvor kodeksi. Korporativ huquq tushunchasi. 11.1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi. Aksiyadorlar va manfaatdor shaxslar. О‘zbekiston respublikasida 1996 yil 26 apreldagi N 223-I sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida” qonunida kо‘rsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga qо‘yidagilar kiradi: - Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi; - Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi); - Ijroiya organi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir. Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) о‘tkazishi shart. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin kо‘pi bilan olti oy ichida о‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash tо‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi tо‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi о‘tkazish haqida qaror qabul qilish tо‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga tо‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi о‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari о‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi о‘tkaziladigan sana va uni о‘tkazish tartibi, yig‘ilish о‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini о‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) rо‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi. Download 54.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling