11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari


Direktorlar yig‘ilishi: tarkibi va tuzilmasi. Direktorlar yig‘ilishining vazifasi va majburiyatlari. Direktorlar qо‘mitasi


Download 54.89 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi54.89 Kb.
#1640333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

11.2.Direktorlar yig‘ilishi: tarkibi va tuzilmasi. Direktorlar yig‘ilishining vazifasi va majburiyatlari. Direktorlar qо‘mitasi.


Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik kо‘rishda va uni о‘tkazishda kо‘p uchraydigan xatolar:


- Amaliyotda umumiy yig‘ilishning о‘tkazilishi haqidagi xabarni aksiyadorlarga yetkazish bо‘yicha minimal talablarga rioya qilinmaydi;
- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda tartibot muddatlari buzilmoqda. Masalan, meyoriy talablarni buzmasdan yillik umumiy yig‘ilishni 10 martgacha о‘tkazish juda qiyin;
- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda aksiyadorlarga tanishish uchun beriladigan axborot(material) rо‘yxatining tо‘liq bо‘lmasligi.
- Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi masalalarning noaniq ifodalanishi va bir masala doirasida turli yо‘nalishdagi muammolar bо‘yicha ovozga qо‘yish, hamda kun tartibiga “har xil masalalar” kiritilishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig‘ilishini chaqirishdagi, tayyorgarlik kо‘rishdagi, о‘tkazishdagi, ovozlarni hisoblashdagi xato va qonun buzilishlar jamiyatda korporativ boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi, chunki:
- Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari ustidan aksiyadorlarning nazorati susayadi;
- Ijroiya organi samaradorligi pasayadi, uning aksiyadorlar manfaatlariga zid harakat qilishining ehtimolligi oshadi;
- Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasining faoliyati “xо‘ja kо‘rsin”ga olib boriladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bо‘lgan aksiyadorlar soni о‘ttiz kishidan kam bо‘lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini о‘tkazish masalasini hal etishga vakolati bо‘lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida о‘z aksini topishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga ular о‘z vazifalarini bajarib turgan davrda badal tо‘lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifasini bajarish bilan bog‘liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va tо‘lovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilab qо‘yiladi.

Download 54.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling