11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari


Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil qilish. Kuzatuv kengashining missiyasi qо‘yidagicha


Download 54.89 Kb.
bet3/7
Sana21.06.2023
Hajmi54.89 Kb.
#1640333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil qilish. Kuzatuv kengashining missiyasi qо‘yidagicha:

-har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi ta’riflangan hamda о‘ziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan xujjatning bо‘lishi tavsiya qilinadi:


-kengashning о‘zak g‘oyasi – jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa о‘zaro munosabatlardan holi, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakllanishidir;
- kengashning missiyasi aksiyadorlar qо‘ygan ulush qiymatining maksimal о‘stirilishidir. Kengash faoliyati asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari yotishi zarur.


11.3.Mustaqil direktorning vazifasi va roli. Mustaqil direktorlar kodeksi.
Yapon modeli mazmuniga kо‘ra amerika modeliga ham, germaniya modeliga ham о‘xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini о‘z ichiga olgan:
- direktorlar kengashi tarkibida mustaqil direktorlar bо‘lmasdan, Kengashning barcha a’zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir;
- aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat guruhiga a’zo bо‘lgan kompaniyalarning о‘zaro aksiyalariga egalik qilish holati muhim о‘rin tutadi.
- shaxslararo munosabatlar kuchli muhim ahamiyatga ega;
- insayderlarning yetakchiligi
- Boshqaruvning yagona organi – uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan kо‘ra mustaqil direktorlar kо‘proq bо‘lgan unitar Direktorlar Kengashi (aksiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% aksiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik korxonalar qо‘lida bо‘ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70-80% aksiya, aksincha, harakatchan, vaqti - vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir kishining qо‘lidan boshqasiga oson о‘tadi);
- Aksiyadorlik kapitalning katta qismi inglizsakson udumlarida tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat;
- Jismoniy shaxslarga qarashli bо‘lmagan aksiyalar asosan institusional investorlar qо‘lida jamlangan;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib turadi;
- Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada;
- Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv.
Xalqaro ekspertlarning tahlillariga kо‘ra, keyingi yillarda korporativ boshqaruv kodekslarining dunyo bо‘yicha keng tarqalish holati kuzatilmoqda. Ushbu kodekslar qonun kuchiga ega bо‘lmasada, korporativ boshqaruv amaliyotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayapti. Jahon tajribasini о‘rgangan mutaxassislarning fikricha, korporativ boshqaruv kodekslari turli davlatlarda turli subyektlar tomonidan, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha komissiyalar, fond birjalari, investorlar va ularning uyushmalari, boshqa milliy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Masalan, Kedberi ma’ruzasi korporativ boshqaruv bо‘yicha Britaniyadagi birinchi kodeksning asosi bо‘lib xizmat qilgan. Shu bois, 1993 yilda qabul qilingan mazkur hujjat Kedberi kodeksi deb nom olgan.
Kedberi kodeksi kompaniya tuzilmasi, direktorlar kengashinig mas’uliyati va mustaqilligi, ichki moliyaviy nazorat usullari, direktorlar kengashi a’zolari va top-menejerlariga haq tо‘lash masalalariga daxldor 19 ta tavsiyani о‘z ichiga olgan. Britaniya qonunchiligida ham kompaniyalarga korporativ boshqaruv kodeksiga amal qilishi bо‘yicha talab о‘rnatilmagan. Shuning uchun bunday kodeks qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tavakkalchilik mavjud. Ammo, tahlilchilarning ta’kidlashlaricha, amaliyot korporativ boshqaruv kodeksi ishlayotganini kо‘rsatmoqda. Xususan, kо‘pgina kompaniyalardagi direktorlar kengashining professionallik darajasi oshganini Kedberi kodeksi tatbiqi bilan bevosita bog‘lash mumkin.
Umuman olganda, Kedberi kodeksi 1990 yillarda qator kompaniyalar faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlikka javoban qabul qilingan. Uning ijodkorlari kompaniyalarga boshqaruv amaliyotini takomillashtirish orqali kelgusidagi noxushliklarning oldini olish hamda investorlar va jamoatchilikning biznesga bо‘lgan ishonchini tiklashda yordam berishdan iborat bо‘lgan. Kedberi kodeksidan keyingi, boshqa davlatlarda qabul qilingan shunday hujjatlarni ishlab chiqqanlar ham xuddi shu maqsadni kо‘zda tutganlar.
Dunyo mamlakatlarining korporativ boshqaruv kodekslari hajm va tafsilotlari bilan bir-biridan farq qilsada, tо‘rtta asosiy qoidalar, ya’ni hamma aksiyadorlarga teng munosabat, direktorlar kengashi va menejmentning hisobdorligi, axborot oshkoraligi hamda ochiqligi, minoritar aksiyadorlar va boshqa guruhlar manfaatlarini saqlashga nisbatan javobgarlik kabilar barcha kodekslarda bir xilda qayd etilgan.
Jahon amaliyotini о‘rgangan ekspertlarning fikrlari korporativ boshqaruv kodekslarining yuqoridagi qoidalar yoki investorlarni qalbakilashtirishdan va kompaniya aktivlarini beparvolik bilan boshqarishdan himoya qilish asosiga qurilgani bilan bog‘liq jihatlar bо‘yicha о‘xshashligini kо‘rish mumkin.


11.4.Ijro etuvchi organlarning shakllanishi va ish faoliyatining tugatilishi. Ijro etuvchi organlar majburiyatlari. Ijro etuvchi organlar va direktorlar yig‘ilishining о‘zaro bog‘liqligi.



Download 54.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling