11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari
Kompaniya Kodekslari nima uchun kerak?
Download 54.89 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qadriyatlarga asoslangan Kodekslar ;
- 2. Intizom meyorlariga asoslangan Kodekslar ;
- 3.Kodeks vosita sifatida;
- Kompaniyalarning barcha hamkorlar oldidagi majburiyatlari
Kompaniya Kodekslari nima uchun kerak?
- korxonaning e’lon qilingan qadriyatlari – maqsadlari va vazifalari bilan kompaniya faoliyatini tartibga soladigan qoidalar orasida kо‘prik vazifasini bajaradi; - tashkilotning maqsadlari va tasavvurlariga aniqlik kiritadi, qoidalar bilan konseptual bog‘lanishni ta’minlaydi; - barcha xodimlar uchun muhim qо‘llanma va madaniyat institutini rivojlantirishda ilhombaxsh kuchdir; - о‘rnatilgan qadriyatlar va andozalarni tushuntirishda muhim vosita; - tadbirkorlik mas’uliyatini oshirish va korporativ rahbariyatni yaxshilashda samarali vosita. Kodekslar bir nechta turlarga bulinadi: 1. Qadriyatlarga asoslangan Kodekslar;- kompaniya xodimi yoki vakilining xulq - atvori va harakatlarini belgilab beruvchi ma’lum bir axloqiy tamoyillarni, о‘zini tutish va fikrlash usulini о‘rnatadi; - AQSH, Kanada, Yevropa, Yaponiya va Lotin Amerikasida samarali qо‘llaniladigan, namuna sifatida tanlangan yagona kodeks. Kanada va Yevropada keng tarqalgan Kodeks turi. 2.Intizom meyorlariga asoslangan Kodekslar;- ruxsat etilgan va etilmagan holatlarning maqsadli yо‘naltirilgan ta’riflari; - xodimning xulq - atvori odatda о‘zaro muvofiq ta’riflarning markazida turadi; - AQShda kam qо‘llaniladi. Dunyoning boshqa hududlarida ham kam qiziqishadi. 3.Kodeks vosita sifatida;- xodim tomonidan kompaniya xulqiy tamoyillariga qatiy rioya qilishi muvaffaqiyatga erishishning garovidir; xodimlar xulq - atvori va bajargan ishlariga qarab baho berishni hamda yuqori ma’naviy andozalar aksiyadorlik kapitalining uzoq muddatli о‘sishining kaliti ekanligiga aksiyadorlarni ishontirishni istaydigan ma’muriyat tomonidan tez - tez ishlatib turiladi. Kompaniyalarning barcha hamkorlar oldidagi majburiyatlari:- kompaniya xulqiy tamoyillarini tasdiqlash uchun tashkiliy tamoyil sifatida kompaniyaning turli о‘zaro bog‘langan guruhlar bilan munosabatlari bо‘yicha muhokamalardan foydalanish; - bir vaqtlar bunday turdagi kodekslar Yevropada keng tarqalgan edi; endilikda faqat 30% yevropa kompaniyalari kodekslari matnlari shunday xarakterga ega. Yevropadan tashqaridagi bir nechta kompaniya vositachi usulidan foydalanishadi. Kodeks xulq - atvorga ta’siri quyidagicha bо‘ladi; - qoidalarning yо‘lga solishi – kutiladigan fe’l - atvorni tushuntiradigan xujjatlar; - kutiladigan va muvofiq harakatlarning meyorlari; - kо‘zgu – agar fe’l - atvor tо‘g‘ri bо‘lsa muvofiqligini tasdiqlaydi; - kattalashtiradigan oyna – xodimlarni aytilganlarni va bajarilganlarni diqqat bilan tekshirishga rag‘batlantiradi; - himoya – shubhali hulqiy vaziyatlarda xodimlarga madad beradi; - kompaniya va xodimlarga keltiriladigan zararning oldini olish uchun xatardan о‘z vaqtida ogoh etadi; - yong‘inga qarshi tezkor xabar – xodimlarni qoidabuzarliklar haqida axborot berishini rag‘batlantiradi; - klub – tо‘g‘ri kelmaydigan kodeksning ishlatilish oqibatlarini kо‘rsatadi. Download 54.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling