11-mavzu. Korporativ boshqaruv organlari


Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi


Download 54.89 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi54.89 Kb.
#1640333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:


1. Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga hal qilish uchun berilishi mumkin bо‘lmagan va faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar, jamiyat Ustavida faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar deb belgilanishi kerak;
2. Kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish mutlaq vakolatiga tegishli bо‘lsa, Ustavda ushbu masalani faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga taaluqli qilib belgilash mumkin;
3. Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga qarashli masalalar, Jamiyat Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ vakolatiga doir qilib belgilanishi mumkin;
4. Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy - xо‘jalik faoliyatini taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish tо‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga kiritilishi kerak;
5. Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish bо‘yicha tashabbuslar bilan bog‘liq masalalar.

Kuzatuv kengashi vakolatlaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:


1. Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib borish;
2. Kuzatuv kengashiga aksiyadorlarning murojaatlari bо‘yicha muvofiq teskari aloqani ta’minlash;
3. Biznes - rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya organining solidar (birgalikda) javobgarligi;
4. Aksiyadorlarning dividendlar bо‘yicha “umidlarini” va ishlab chiqarishning qayta investitsiya qilinishiga ehtiyojlarini hisobga oladigan mо‘tadil dividend siyosati;
5. AJ asosiy faoliyatiga mansub bо‘lmagan, mulklarni sotib olish va begonalashtirish, bitimlar hamda zahira va boshqa fondlarni ishlatilish ustidan Kuzatuv kengashining nazorati;
6. Ijroiya organi bilan yollash bо‘yicha mehnat shartnomasi doirasida qat’iy о‘zaro munosabatlarni yuritish.

Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini qо‘yidagilarda kurish mumkin:


Download 54.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling