11-Mavzu. Kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar reja
Kredit maqsadi va kredit ta’minoti sifati
Download 127.41 Kb.
|
Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditni muddati va uni to‘lash shartlari.
- Kredit valyutasi va miqdori. Bank kredi
Kredit maqsadi va kredit ta’minoti sifati.
Tijorat banklarida berilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytishini ta’minlash muhim masalalardan hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning yo‘llaridan biri kreditga yuqori likvidli ta’minot talab qilishdir Kredit ta’minoti sifatida olingan ta’minotning qiymati kredit va unga hisoblangan foizlar miqdoridan yuqori bo‘lishi lozim. Ma’lumki kredit ta’minoti birlamchi va ikkilamchi ta’minotga bo‘linadi. Birlamchi ta’minot bu – mijozning kreditdan foydalanish natijasida oladigan daromadlari yoki uning pul oqimlari hisoblansa, ikkilamchi ta’minot boshqa barcha turdagi ta’minot shakllarini o‘z ichiga oladi. Kredit ta’minoti va uning sifat darajasi kredit foiz stavkasining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Respublikamizdagi aksariyat tijorat banklari amaliyotida kredit ta’minoti va uning sifati kredit foiz stavkasining shakllanishida hisobga olinmaydi. Banklar garov siyosatida kredit ta’minoti turlari va ular bo‘yicha qabul qilinishi mumkin bo‘lgan koeffitsentlarni ko‘rsatib o‘tadi. SHuningdek, kredit portfelini ta’minot tahlilidan kelib chiqib, ta’minot turlari bo‘yicha sifat va risk darajasini baholash usullarini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kreditni muddati va uni to‘lash shartlari. Ichki omillar guruhida kredit muddati va uni to‘lash shartlarini alohida qilib ko‘rsatganmiz. Qisqa muddatli kreditlar aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 12 oygacha muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlar esa, asosiy fondlarni shakllantirishga bir yildan ortiq muddatga taqdim qilinadi. Banklarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar dinamikasini tahlil qilish va diversifikatsiyani tanlash muhim hisoblanadi. Ma’lumki, banklar qisqa muddatga resurslarni joylashtirib yuqori daromad olishni ko‘zlasa, qarzdorlar esa kreditni uzoq muddatga va past bahoda olishni ma’qul ko‘radi. Uzoq muddatli kreditlarning risk darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi. Kredit valyutasi va miqdori. Bank kreditlash amaliyotida kredit foiz stavkalarini shakllantirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan keyingi omil kredit miqdori va valyutasi. Kredit xorijiy valyutalarda, erkin konvertirlanadigan valyutalarda taqdim etilsa nisbatan past foiz stavkada berilishi mumkin. CHunki ushbu valyuatalarning qadrsizlanishi darajasi past bo‘ladi. SHuningdek, berilishi rejalashtirilgan kreditning miqdori qancha oshib borsa, undan olinishi mumkin bo‘lgan samara ortadi va o‘z vaqtida qaytishi ehtimoli yuqori bo‘lgan sharoitda past foiz stavkada ajratish mumkin. Sababi, ushbu kreditlardan yuqori foyda olinishi mumkin. Kichik hajmdagi kreditlarni tahlil qilish va uni o‘rganish uchun xarajatlar nisbatan yuqori bo‘lganligi hisobiga ushbu kreditlar foiz stavkasi darajasini yuqori darajada shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari kredit foiz stavkalarini shakllantirishda yuqoridagi keltirilgan tashqi va ichki omillardan tashqari omillar ham bo‘lishi mumkin. CHunki har qanday faoliyat kabi banklar faoliyatida turli ta’sir qiluvchi omillar kuzatilishi mumkin. Download 127.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling