Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi,
xalqining
faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik
darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bogliqtsir. Bu holat
esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi
bilan tavsiflanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat
jarayonlari va
uning natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining
yuqori bo`lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o`rinlari yaratish imkoniyati, yirik b,iznes kirib
bora olmaydigan bozor segaentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, '
xizmat
ko`rsatish sohasida va uncha katta bo`lmagan mahalliy resurs bazalarini
o`zlashtirishda
juda
qulay
tashkiliy
shakl
ekanligi
kichik biznesni
rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko`rsatadi.
SHu sababli ham kichik
biznesni
jadal
rivojlantirish
masalasi
mahsulot
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish, xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish, shuyaingdek
mamlakatning eksport saloxdyatini oshirish masalalari
bilan chambarchas
bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart -sharoitlar
sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini
ish bilan bandlshgagi va
daromadlarining o`sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YAIM, eksport va
tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish ko`rsatkichlaridagi
ulushi ortib
borishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: