11-mavzu: mamlakatimizda tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlari.(6 soat) reja


 Xorijiy investitsiyalaring mohiyati va jalb qilish sabablari


Download 374.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi374.8 Kb.
#1633962
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
\'Хорижий иннвестицияларни жалб этиш

 

1. Xorijiy investitsiyalaring mohiyati va jalb qilish sabablari. 
“Investitsiya” atamasi lotin tilidagi “Invest” so`zidan kelib chiqqan bo`lib 
“qo`yish, mablag`ni safarbar etish, kapital qo`yilmasi” ma`nolarini bildiradi. Keng 
ma`noda investitsiya mablag`larni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni 
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda investitsiya tushunchasi iqtisodiy va 
boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda 
ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Ivestitsiya deganda barcha turdagi milliy 
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga 
yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror bir ijobiy samaraga erishishi zarur. 
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga 
erishishdir. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: 
1.Birlamchi jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik 
obyektlariga joylashtirish


2.Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati 
ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Xorijiy mamlakatlarning tajribsi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul 
qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda 3 ta 
turini ajratish mumkin: 
1. Moliyaviy investitsiyalar; 
2. Moddiy investitsiyalar;
3. Aqliy (intelektual) investitsiyalar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni 
bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xrijiy mamlakatlarning pul 
birliklari, banklardagi omontlar, deposit sertifikatlar, aksiyalar, obligatsiyalar, 
veksellar va boshqa qimmatli qog`ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondler ya`ni binolar, asbob uskunalar, 
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intelektual) investitsiyalar 
miqdori juda rang barangdir, ya`ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar 
aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabbiy resurslardan foydalanish 
shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Investitsiyalar- bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob uskuna 
sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir. Investitsiyaga 
ketgan xarajatning miqdori 2 omilga bog`liq: 
1. Sof foydaning kutilayotgan meyori; 
2. Foiz stavkasi. 
Xorijiy investitsiyalar- bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada 
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 
intelektual boyliklaridir. 

Download 374.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling