Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Download 79.03 Kb.
bet1/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
javoblar


Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
(Investitsiya ahamiyati va subyekti, investorlar, buyurtmachilar, moliyaviy institutlar.) Investitsiyalar va investitsiya faoliyati bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi. Investitsiyalarga berilgan ta’rifga muvofiq, investitsiya faoliyati asosan ikki bosqichdan tashkil topadi. Investit- siyalar harakatining birinchi bosqichida investitsiya resurslari investitsiyalash obyektlariga qo‘yiladi, ya’ni investitsiya faoliyati yuz beradi. Ikkinchi bosqichda esa investitsiya obyektlariga qo‘yilgan qo‘yilmalardan olinadigan daromad, samara aks etadi.
Investitsiya faoliyatiga tor va keng ma’noda ta’rif berish mumkin. Tor ma’noda investitsion faoliyat yoki investitsiyalash resurslarni qo‘yilma sifatida qayta yo‘naltirish, ya’ni qayta tiklash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, kapitalning hozirgi qiymatini saqlagan holda, jamg‘armalarni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi. Keng ma’noda esa investitsion faoliyat – bu daromad (samara) olish maqsadida investitsiyalash obyektiga mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq faoliyatdir. Ya’ni qiymatni kapitallashtirish, jamg‘armalarni ko‘paytirish maqsadlarida resurslarni u yoki bu investitsion obyektga yo‘naltirishdan iborat. Mana shu jarayonni investitsion sikl yoki investitsiyalarning doiraviy aylanishi deyish mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, investitsiyalarning o‘zlari ham investitsion faoliyatning obyekti sifatida ishtirok etadi. Investitsiyalar o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra mavhum tushuncha hisoblansa, investitsion faoliyat ko‘zda tutilgan aniq iqtisodiy, ijtimoiy natijaga erishish uchun obyektlarning muayyan xatti-harakatlari, faoliyatlari majmuidir.
Investitsion faoliyat korxonalarda pul oqimining mustaqil turini shakllantiradi, bu investitsiya oqimi deb ataladi. Har qanday oqim singari, investitsiya oqimi ham kirim va chiqim bilan tavsiflanadi Investitsion faoliyat – bu foyda olish va boshqa foydali samaraga erishish uchun investitsiyani jalb qilish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir30. Investitsion faoliyat jarayonida obyektlar zarur investit- siya manbalarini topadilar, samarali investitsiyalash vositalarini tanlaydilar, muvozanatli investitsiya dasturi va investitsiya portfellarini shakllantiradilar hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
Investitsiya faoliyati subyekti deb investorlar (pul qo‘yuvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, kreditorlar va boshqalar) va investitsiya obyektlaridan foydalanuvchilar (yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, mahalliy hokimiyat idoralari, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalar), investitsiya faoliyatining obyektlaridan foydalanadiganlar hisoblanadilar.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin.
Investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi tomonlar nuqtayi nazaridan subyektlar:

  1. investor;

  2. buyurtmachi;

  3. pudratchi;

  4. investitsion faoliyat obyektlaridan foydalanuvchi va boshqalar.

MOLIYAVIY INSTITUTLAR – investorlar bilan omonatchilar o’rtasida faoliyatning o’zlari mashg’ul bo’lgan turidan foyda oluvchi vositachilik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslardir. Banklar, pensiya va investitsiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, tovar, xomashyo va fond birjalari, aksiyadorlar va boshqalar moliyaviy vositachi sifatida harakat qiladilar
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning ro‘li.(Investitsiya dasturi, huquqiy baza, kafolatlar, imtiyozlar, soliq, kredit, ko‘chmas mulk, tanlov, monitoring moliyaviy, nomoliyaviy.) rivoilanishining
investitsiya faoliyatini taltibga solish, deganda davlat tomonidan huquqiy nuqtayi nazaridan, mulkdorlar o'rtasida moddiy nomoddiy aktivlarni ishlab chiqari'lh xususidagi xos, murakkab, ijtimoiy iqtisodiy rnunosabal1arni shakllantirish me'yorlarini nazarda tutishi la'kidlanadi. O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo'li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o'zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-biri bilan o'zaro bog'langan chora-tadbirlar majmuyidir. Investitisiyani rivojlantirishagi huquqiy baza bu Yangi sharoitlarga mos keladigan, marnlakat va uning alohida tarrnoqiarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqaradigan huquqiy-me'yoriy, jurnladan, respublika Prezidentilli:ng fannonlari va qaroriari, hukumat qarorlari tegishli nizom va yo’riqnomalaring mavjudligidir. Monitoring investitsiya faoJiyati ishtirokchilarining moliyaviy holatini baholash, uning balansini, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarini tahlil qilish, tekshirib borish va nazorat qilish asosida amalga oshiriladi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling