Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
Investitsiya jarayonining mohiyatini
Download 79.03 Kb.
|
javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- , investitsiya faoliyatining mohiyatini
- Investitsiya muhiti
Investitsiya jarayonining mohiyatini yoritganda (resurIar), qo'yish (xarajatlar) va foyda (daromad) olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash lozim. Investitsiya jarayonining asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya'ni resurslar (jamg'arish) - investitsiya qo'yish (xarajatlar) - foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish ketma-ketligi yotishi kerak. Ammo, bu yerda shu narsani e’tiborga olish lozimki, daromad investitsiya jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi iste’mol qiladi, qolgani jamg’ariladi.
Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta'minlash maqsadida inveslorlarning resurslarni jamg'arish va ularni turli shaklda qo'yish bilan bog'liq harakatlari yig'indisi, deb tushunilishi kerak. Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo’ladi: resurslarni kapital qo’yilmalarga aylantirish, ya’ni bunda investitsiyalar investitsiya faoliyatining aniq obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; qo’yilgan mablag’larning kapital qiymati o’sishiga aylanishi; kapital qiymatining daromad (foyda) shaklida o’sishi, ya’ni investitsiyalashning oxirgi (so’nggi) maqsadi amalga oshiriladi. Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bundan yana ketma-ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) – resurslar – oxirgi natija, ya’ni jamg’arish jarayoni takrorlanadi. Demak, investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda jamg’arish (resurslar), investitsiya qo’yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib qarash lozim. Investitsiya muhiti deganda nimani tushunasiz?(investitsiya, muhit jozibadorligi, ta’sir etuvchi omillar) ) Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo‘yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuidan iborat. Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig‘imi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi. Investitsiya muhiti – investitsion jarayonlar amalga oshadigan sharoit bo‘lib, u hududning investitsion faoliyati hamda investitsiyalarning risk darajasini aniqlaydigan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi45. Download 79.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling