Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Download 79.03 Kb.
bet13/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
javoblar

Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning mexanizmlari.(Byudjet mablag‘lari, fondlar, lizing , kredit, grantlar, ichki (mahalliy), tashqi (xorijiy))
Investitsiya haqida tushuncha. (foyda, samara, mablag‘, hamkorlik, qimmatli qog‘oz, texnologiyalar, imtiyozlar, ofshor)
Investitsiyalar foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga
erishish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari.(investitsiya, investitsion jarayon, investitsiya faoliyati) Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator ko'rsatkichi qo'llaniladi. Mazkur ko'rsatkich daromad o'sishi bilan investitsiya o'sishi o'rtasidagi bog'lanishni ifodalaydi, ya'ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Darornad o'sishining investitsiyaga ta'sir doirasini ko'rsatish maqsadida iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator - investitsiyalar o'sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsiyent bo'lib, u joriy yildagi investitsiya o'sishining o'tgan yilgi milliy daromad o'sishiga nisbati tarzida aniqlanadi. U daromadning o'sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko'rsatadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling