Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiya muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar.( investitsiyaviy jozibadorlik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillar)


Download 79.03 Kb.
bet15/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiya muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar.( investitsiyaviy jozibadorlik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillar) investitsiya muhiti – bu mamlakatning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasidir. Mamlakatdagi umumiy investitsiya muhiti hudud, tarmoq va korxonalardagi investitsiya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustuvor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan- texnika taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi.
Investitsion jozibadorlik – bu muayyan investor nuqtayi nazaridan u tomonidan shakllantirilgan mezonlarga muvofiq investitsiyalash obyekti sifatida hududning afzalliklari va kamchiliklarining umumiy xususiyatidir. Investitsion jozibadorlik tushunchasi “Investitsion faollik” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.
Investitsion faollik – bu hududga investitsiyalarni jalb qilish hajmi va sur’ati bilan tavsiflanadigan investitsion faoliyatning rivojlanishi va jadalligi. Investitson faollikni joriy (ya’ni oxirgi hisobot davri uchun) va prognoz holatini aniqlash o‘ta muhim vazifadir.
Haqiqiy investitsion faollik uning investitsion jozibadorligi bilan taqqoslash orqali ushbu jozibadorlikni amalga oshirish darajasini ko‘rsatadi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat hokimiyati organlari tomonidan hududning obyektiv mavjud investitsion salohiyatidan real foydalanish darajasini ifodalaydi.
Investitsion salohiyat – bu investitsiyalash obyektlari mavjudligi va xilma-xilligiga qarab investitsiyalar va biznesni istiqbolda rivojlantirish uchun mavjud obyektiv shart-sharoitlar yig‘indisi ko‘rinishidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va xususiyatlarini hisobga oladigan miqdoriy belgidir. Ya’ni, investitsion salohiyat hududning joriy davrdagi amalga oshirilmagan potensial mkoniyatlaridan foydalanib iqtisodiy rivojlanish va o‘sishga erishish hisoblanadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling