Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiyalarning tasniflanishi.(Moddiy, moliyaviy, aqliy-intelektual, real)


Download 79.03 Kb.
bet23/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiyalarning tasniflanishi.(Moddiy, moliyaviy, aqliy-intelektual, real)
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ham ajratish mumkin:

    • moliyaviy investitsiyalar;

    • moddiy investitsiyalar;

    • aqliy (intellektual) investitsiyalar.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar bo‘lib, ilmiy ishlar, tajribalar natijasi, litsenziyalar «nou-xau», mutaxassislar tayyorlash va kadrlarni qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini joriy etish kabilar hisoblanadi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalar bozor munosa- batlarining rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonla- riga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau», kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi

Investitsiyani muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar.( investitsiyaviy jozibadorlik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillar) Investitsiya muhiti – bu xorijiy capital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindanbelgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar, bojxona rejimi, valuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflatsiya sur’atlari, valuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega.
Investitsiyaviy jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtayi nazaridan baholanishi.
Investitsiya muhiti holatini belgilovchi omillar:

    1. Siyosiy omillar:

  • Davlatning investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalar bo’yicha siyosati;

  • Davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi;

  • Mamlakatning xalqaro shartnomalarga qo’shilganlik darajasi;

  • Mamlakatning xalqaro bitimlarga rioya qilishi;

  • Siyosiy ahvolning barqarorligi;

  • Siyosiy hokimiyatning maqsadli harakati;

  • Davlat apparatining samarali ish yuritishi;

  • Ko’p partiyaviylik va siyosiy guruhlarning mavqeyi;

  • Soliq, valuta, narx, pul-kredit siyosatining investitsiya siyosatiga uyg’unligi;

  • Mamlakatdagi ekologik vaziyat va hukumatning ekologik sog’lomlashtirish bo’yicha siyosati ko’lami.

    1. Iqtisodiy omillar:

  • Mamlakatning iqtisodiy ahvoli;

  • Inflatsiya darajasi;

  • Soliq imtiyozlari;

  • Bojxona tartibi;

  • Mamlakatning tabiiy va xomashyo resurslari holati;

  • Ishchi kuchi holati va qiymati;

  • Ishchi kuchidan foydalanish tartibi;

  • Muayyan tovarlar uchun talab va taklif;

  • Raqobat va bahoning erkinligi;

  • Valuta konvertatsiyasi va milliy valuta kursining barqarorligi;

  • Bank foiz stavkalari;

  • Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari;

  • Mamlakatning geografik-hududiy jihatdan joylashuvi.

    1. Ijtimoiy omillar:

  • Xususiy mulk hamda xorijiy investitsiyalarga nisbatan mahalliy aholi munosabati;

  • Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli;

  • Aholining mafkuraviy qarashlari va ularning turli-tumanligi;

  • Mamlakatda turli millatlikka nisbatan mavjud munosabat;

  • Aholining savodxonlik darajasi;

  • Ishchi-mutaxassislar malakasi, ko’nikmalari va tajribalarining o’sib borishi va unga intilish;

  • Yangiliklar va turli xil ixtirolarga aholining munosabati va ularni qabul qilish darajasi.

    1. Huquqiy omillar:

  • Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi;

  • Investitsiya faoliyatini bevosita ta’minlovchi huquqiy asosning mustahkamlik darajasi;

  • Investitsiya faoliyatining me’yoriy asoslari.



Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling