Diversifikatsiya – risklarni taqsimlashga asoslangan tizimsiz moliyaviy risklar salbiy ta’sirini yo‘qotishning mexanizmi hisoblanadi va ular quyidagilardan iborat:
moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash (qimmatli qo- g‘ozlar, real investitsiyalar, boshqa kompaniyalarning nizom kapitalida qatnashish va boshqalar);
valuta portfelini diversifikatsiyalash;
depozit portfelni diversifikatsiyalash;
kredit portfelini diversifikatsiyalash;
qimmatli qog‘ozlar portfelini diversifikatsiyalash.
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi
Investitsiyalarning tarmoq tarkibi haqida ma’lumot bering.(real investitsiya, moliyaviy investitsiyalar) Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarning tarkibida portfel investitsiyalarni farqlash mumkin. Portfel investitsiyalar – mulkdan daromad olishda huquq beruvchi qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yishdir. Moliyaviy aktivlarga investitsiyalar quyidagi shakllardagi qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi:
asosiy iqtisodiy agentlar faoliyati jarayonida yaratilgan barcha ko‘rinishdagi to‘lov va moliyaviy majburiyatlar;
naqd pullar;
joriy hisobraqamdagi mablag‘lar;
banklarga qo‘yilgan muddatli omonatlar;
turli xil qisqa muddatli qarz majburiyatlari;
obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha tasniflanishi mumkin:
kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;
investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |