Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Xalqaro investitsiyalar turlari. (moddiy, moliyaviy, aqliy-intellektual, maqsadi, manbasi, muddati)


Download 79.03 Kb.
bet30/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
javoblar

Xalqaro investitsiyalar turlari. (moddiy, moliyaviy, aqliy-intellektual, maqsadi, manbasi, muddati) Xorijiy mamlakatlarning tajribasi kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ham ajratish mumkin:

    • moliyaviy investitsiyalar;

    • moddiy investitsiyalar;

    • aqliy (intellektual) investitsiyalar.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar bo‘lib, ilmiy ishlar, tajribalar natijasi, litsenziyalar «nou-xau», mutaxassislar tayyorlash va kadrlarni qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini joriy etish kabilar hisoblanadi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalar bozor munosa- batlarining rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonla- riga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau», kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi
Investitsiyalar kiritilishi muddati bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Kiritilgan mablag‘larni joriy etish vaqti va natijalardan foydalanish nuqtayi nazaridan investitsiyalar quyidagi turlari farqlanadi:

  1. Bir martalik investitsiyalar – bir martalik mahsulotni chiqarishga yo‘naltiriladi. Bunday guruh investitsiyalarga – investitsiyalash jarayonidan muayyan bir vaqtda sarflangan va shunga muvofiq holda bir martalik mahsulot ishlab chiqarish aktiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalash jarayonini ifodalaydi.

  2. Takroriy investitsiyalar – bu jarayonda ham bir martalik mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Bu holatda kapital mablag‘ sarflari hamda mahsulot ishlab chiqarish bir paytda amalga oshiriladi.



Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling