Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari (xorijiy investitsiya, xorijiy investitsiya ahamiyati va turlari)


Download 79.03 Kb.
bet33/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
javoblar

Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari (xorijiy investitsiya, xorijiy investitsiya ahamiyati va turlari)
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ham ajratish mumkin:

    • moliyaviy investitsiyalar;

    • moddiy investitsiyalar;

    • aqliy (intellektual) investitsiyalar.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar bo‘lib, ilmiy ishlar, tajribalar natijasi, litsenziyalar «nou-xau», mutaxassislar tayyorlash va kadrlarni qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini joriy etish kabilar hisoblanadi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalar bozor munosa- batlarining rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonla- riga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau», kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi

Xorijiy investorlarga yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va rag’batlantirish omillarini ma’lumot bering.(xorijiy investitsiya, imtiyozlar, bojxona boji)
Jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalar harakatini amalga oshirish ko‘pincha qo‘shimcha iqtisodiy, siyosiy va tijorat risklari bilan bog‘liq. Shuning uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi ayrim mamlakatlarning milliy qonunchiligida xorijiy investorlarga nisbatan qo‘shimcha imtiyozlar qo‘llaniladi. Turli mamlakatlarda xorijiy investorlarga nisbatan quyidagi asosiy imtiyozlar qo‘llaniladi:

    • qayta investitsiyalashga nisbatan imtiyozli soliq, rejimini taqdim etish;

    • shartnoma asosida investitsiya loyihalariga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi va boshqa mukofot to‘lovlarini soliqqa tortishning imtiyozli rejimini yaratish;

    • xorijiy investorlarning eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun import ko‘rinishida olib kirayotgan mol-mulk, asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o‘z mablag‘larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan:

    • xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar;

    • ko‘rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar;

    • soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;

    • foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;

    • milliy so‘mda va chet el valutasida olingan foydalarni o‘tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati;

    • bojxona imtiyozlarining mavjudligi;

    • xorijiy investorlarning mulklari va ularning o‘zlarini xavf- xatarlardan sug‘urtaviy muhofaza qilish tizimining yaratilganligi.


Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling