Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
Xorijiy investitsiyalar.( mazmun mohiyati va turlari)
Download 79.03 Kb.
|
javoblar
Xorijiy investitsiyalar.( mazmun mohiyati va turlari)
Xorijiy investitsiyalarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning obyektiv zarurligi (xorijiy investitsiya, imtiyozlar) Jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalar harakatini amalga oshirish ko‘pincha qo‘shimcha iqtisodiy, siyosiy va tijorat risklari bilan bog‘liq. Shuning uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi ayrim mamlakatlarning milliy qonunchiligida xorijiy investorlarga nisbatan qo‘shimcha imtiyozlar qo‘llaniladi. Turli mamlakatlarda xorijiy investorlarga nisbatan quyidagi asosiy imtiyozlar qo‘llaniladi: qayta investitsiyalashga nisbatan imtiyozli soliq, rejimini taqdim etish; shartnoma asosida investitsiya loyihalariga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi va boshqa mukofot to‘lovlarini soliqqa tortishning imtiyozli rejimini yaratish; xorijiy investorlarning eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun import ko‘rinishida olib kirayotgan mol-mulk, asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga asosan quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi; jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi); ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va integrat- siyalashuvini chuqurlashuvi; jahon iqtisodiyotida transmilliy rivojlanishga keng e’tibor qaratish (AQSH Transmilliy korporatsiyalari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); ishlab chiqarishning globallashuvi va integratsiya jarayon- larining chuqurlashib borishi; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va bosh- qalar. siyosiy omillar: kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlari va boshqalar); rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashuv siyosatini olib borish; iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo‘llab- quvvatlash); bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. Download 79.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling