Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi. (Qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlar, nizomlar)


Download 79.03 Kb.
bet27/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
javoblar

O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi. (Qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlar, nizomlar) Mamlakatda investitsiya faoliyatini tartibga solishning zaruriy sharti bo‘lib, davlat qonunchiligi va huquqiy asosini shakllantirish hisoblanadi:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari;
3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari;
4.O’zbekiston Respublikasining tegishli davlat muassasalari yoki organlari tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy qonuniy bazasi shakllangan va xalqaro me’yorlarga moslashtirilgan bo’lib, ular asosan, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi, “Lizing to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentizining investitsiyalarga oid qator farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlardan tashkil topgan.
O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq mamlakat hududida investitsiyalar quyidagi shakllarda amal qiladi:

  • Yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg’armalarida ulushli ishtirok etishg, shu jumladan, mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;

  • Qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;

  • Konsessiyalarni, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan konsessiyalarni olish;

  • Mulk huquqini, shu jumladan, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko’rsatish sohalari obyektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish.


Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling