Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli.(kapital qo’yilmalar, ustav capital, qurilish industriyasi)


Download 79.03 Kb.
bet2/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
javoblar

Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli.(kapital qo’yilmalar, ustav capital, qurilish industriyasi)
Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Kapital investitsiyalar asosan ularning qiymatini belgilaydigan jismoniy xususiyatlarga ega. Masalan, binolar, asbob-uskunalar, yer va boshqalar. O‘z navbatida, kapital investitsiyalar takror ishlab chiqa- radigan, (masalan, asbob-uskunalar) va takror ishlab chiqarmaydigan (masalan, yer, shaxtalar, san’at buyumlar) kabi turlarga bo‘linishi mumkin.
«kapital qo'yilmalar bu asosiy kapitalga yo'naltirilgan real investitsiyalarni (qo'yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, rnoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta'mirlash, kengaytirish, mashlna va uskullalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan xarajatlardir». Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalar kapital hosil qiluvchi investitsiyalar, deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra, kapital qo'yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo'naltirilgan qo'yilmalarni anglatadi Umuman olganda, kapital qo'yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlariui qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog'liq bo'lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.
 Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’ektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo’lgan jarayonni) qamrab oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda qurilayotgan ob’ektning ishga tushirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i bo’lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi.
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish; qurilish-montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling