Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va turlari. (Qimmatli qog‘ozlar, divedend, aksiya, obligatsiya, veksel, depozit sertifikati, depozitlar)
Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.( real investitsiyalar ,real investitsiyalar tarkibi, ) real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Real investitsiyalar tarkibiga:
-ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlari, ularni kengaytirish, qayta qurish va qayta qurollantirishga qo'yiladigan iqtisodiy resurslar;
- ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma xarajatlari (bino va inshoollar, uy-joylar);
-pul qiymatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar (qimmatli qog'ozlar, patentlar, texnik va texnologik yangiliklar, loyihalar va bosbqa intellektual mulk obyektlari)ni kiradi.
Real investitsiyalar quyidagi elementlardan iborat:
-asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;
- yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;
- nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar;
- moddiy aylanma mablag'lari zaxiralarini to'ldirish xarajatlari.
To‘gridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati. (qimmatli qog‘ozlar, aksiyadorlik jamiyatlari, nazorat huquqi, oltin aksiyalar) To‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – o‘zga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablag‘ kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish Iqtisodiyotningustuvortarmoqlarinirivojlantirishuchunxorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag‘lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni,mavjudshart-sharoitlarnihisobgaolganholdaboyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini ko‘tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini va rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsiyalarni, ko‘proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Jumladan, mamlakat investitsiya siyosatini ishlab chiqishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning quyidagi tamoyillariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |