Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
Investitsiya siyosati( uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari.) .)
Download 79.03 Kb.
|
javoblar
Investitsiya siyosati( uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari.) .) Investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo'lib, belgilangan maqsadlarga erishish hamda iqtisodiy siyosatning qisqa muddatli va uzoq istiqbol uchun belgilangan vazifalarini
bajarishga xizmat qiladi. Investitsiya jarayonlarini faollashtirish va iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida iqtisodiy subycktlar uchun qulay xo'jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuyi invcstitsiya siyosatini anglatadi. Innovatsion siyosat – innovatsion strategiyaning maqsad va istiqbolini va uni davlat hukumati organlari tomoindan amalga oshirish mexanizmini belgilab beradigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning bir qismidir. Davlatning innovatsion siyosati jamiyat rivojlantirishning optimal yo‘llarini; istiqbolli tarmoq va ishlab chiqarishlarni aniqlash, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; innovatsion jarayonlarni iqtisodiy tartibga solish; fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish va xizmatlar sohasiga tezkor joriy etishni tashkiliy, huquqiy va boshqacha ta’minlash yo‘llarini topish kabilardan tarkib topishi lozim. Demak, innovatsion siyosat – innovatsion infratuzilmalar shakllanishining va uning keyinchalik faoliyat yuritishining qulay sharoitlarini yaratishga qaratilgan tashkiliy choralar majmuidir. Davlat innovatsion siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: fan va texnikani yuksaltiradigan natijalarni olishga qaratilgan FT; yangi texnika va texnologiyani yaratish maqsadida keyinchalik ularning natijalarini moddiy ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirish uchun qidiruv ITTKIni moliyalashtirish; ishlab chiqaruvchilarni innovatsiyalarni yaratish, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va bu asosida ishlab chiqaruvchining va butun iqtisodiyotning texnik darajasini tubdan o‘zgartirishga iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlaydigan qonunchilik va axborot bazasini yaratish. O‘zbekistonning investitsiya siyosati quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak: – respublikada investitsiyaga oid qonunchilik bazasini doimiy takomillashtirib borish; – davlatning investitsiya siyosatidagi nomutanosiblikka yo‘l qo‘y- maslik; – ishchi kuchi nisbatan ko‘p bo‘lgan hududlarga investitsiyalarni ko‘proq jalb qilishga qulay shart-sharoit yaratadigan investitsiya muhitini shakllantirish; – ijtimoiy masalalarni hal etish; – hududlardagi infratuzilmani rivojlantirish. Shuningdek, investitsiya siyosatini amalga oshirishda hukumat quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ustuvorlikni berishi lozim46: – respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘larni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish; – respublikamizda jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, iqtisodiyotning zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish tizimini takomillashtirish; – mablag‘larni raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish; – tashqi iqtisodiy faoliyatda raqobat qila oladigan va valuta tushumini ta’minlaydigan yetakchi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash; – aholi bandligini ta’minlaydigan va milliy daromadni oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish; – energiya tejamkor va atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan yuqori texnologik, zamonaviy uskunalarni o‘rnatish; – mahalliy sharoitlarga mos keladigan ilg‘or xorijiy texno- logiyalarni tatbiq etish, o‘zimizda yaratilayotgan ixtirolarni rag‘bat- lantirish va bilimlar iqtisodiyotiga mablag‘lar yo‘naltirish. Download 79.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling