Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.
Download 79.03 Kb.
|
javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari.(Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy)
Ustav kapitali — aksiyadorlik jamiyatining ustavida kayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlangʻich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, taʼsischilarning xususiy qoʻyilmalari va davlat qoʻyilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar fakat pul mablagʻlari koʻrinishida emas, balki mulk shaklida, maye., imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk obʼyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham boʻlishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiyashyoviy, pul, ilmiytexnika, axborot asosini tashkil etadi. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi.
Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari.(Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) Investitsiya etuvchi barcha omillarni ularning ta'sir doirasidan kelib chiqib, ikki guruhga tasniflash mumkin: I. Makrodarajada faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (korxonaga nisbatan barcha tashqi omillar). Mikrodarajada investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (ichki omillar). Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi: - soliq tizimining takomillashganlik darajasi; - investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy ta’minoti; - investitsiya faoliyatida davlat ishtirokining daraiasi, - inflyatsiya darajasi; - budjet defitsiti; - mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati va dinamikasi; - moliya-kredit siyosatining takomillashganlik darajasi; - mamlakatning xomashyo va resurslarga boyligi; - davlatning iqtisodiy, shu jumladan, investitsiya siyosati; - narx-navo va unga davlat tomonidan ta'sir ko'rsatilishi; - alohida hudud, tarmoqlarni rivojlantirishga bo'lgan davlat e'tiborining ustuvorligi; - jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy holatlar; - bozor munosabatlarining takomillashganlik darajasi; - muayyan tarmoq va sohalarda davlat mulkining ustunligi va yoki to’liq amal qilishi; - erkin iqtisodiy hududlarning mavjudligi; - xorij kapitalini jalb qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar; - yerga egalik huquqining davlat qo'lida saqlanishi; - investitsiyalar kiritishning (qo'yishning, joylashtirishning) risklilik darajasi; - iqtisodiyotda davlat sektorining tutgan o'rni; - davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojIantirishning qo'llab-quvvatlanishi. Investitsiya faoliyati rivojida nafaqat tashqi omillar, balki ichki omillar (ikkinchi guruh omillari, mikrodarajada) ham keng ta'sir doirasiga ega. Bunday omillarga: -korxonalar ko'lami va moliyaviy holati; - amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullarini qo'llash; - korxonalarning ilmiy-texnik siyosati; - korxonalarning investitsiya siyosati; - xo'jalikning tashkiliy-huquqiy shakli boshqalar. Mamlakatning investitsion muhitni shakllantiradigan omillar kompleksi quyidagilardir: 1. Siyosiy omillar: xorijiy investitsiya borasida davlat siyosati; xalqaro kelishuvlarga rioya qilish; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi; iqtisodiy siyosatning hayotiyligi; mamlakatning xalqaro shartnomalar tizimida qatnashuvi; davlat apparatining ish faoliyati; siyosiy hukumatning investitsiyalarga moyilligi. 2. Iqtisodiy holat: mamlakat to‘lov balansining holati, valuta barqarorligi, tashqi iqisodiy aloqalarnish rivojlanganligi, ichki bozor sig‘imining kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qishloq, xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari. 3 Ijtimoiy omillar: jamoatchilikning xususiy mulk va xorijiy investitsiyalarga munosabati; jamiyatning mafkuraviy birdamlik darajasi; mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosiy masalalari bo‘yicha kelishuvning mavjudligi; ishchi guruhining tashkilotchiligi. Download 79.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling