Investitsiya faoliyati tushunchasining mazmuni va ahamiyati.


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish. (Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar, kredit investitsion fondlar, xorjiy investitsiyalar)


Download 79.03 Kb.
bet12/34
Sana19.06.2023
Hajmi79.03 Kb.
#1621743
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
javoblar

Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish. (Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar, kredit investitsion fondlar, xorjiy investitsiyalar)
Investitsiya faoliyatiga tor va keng ma’noda ta’rif berish mumkin. Tor ma’noda investitsion faoliyat yoki investitsiyalash resurslarni qo‘yilma sifatida qayta yo‘naltirish, ya’ni qayta tiklash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, kapitalning hozirgi qiymatini saqlagan holda, jamg‘armalarni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi. Keng ma’noda esa investitsion faoliyat – bu daromad (samara) olish maqsadida investitsiyalash obyektiga mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq faoliyatdir. Ya’ni qiymatni kapitallashtirish, jamg‘armalarni ko‘paytirish maqsadlarida resurslarni u yoki bu investitsion obyektga yo‘naltirishdan iborat. Mana shu jarayonni investitsion sikl yoki investitsiyalarning doiraviy aylanishi deyish mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, investitsiyalarning o‘zlari ham investitsion faoliyatning obyekti sifatida ishtirok etadi. Investitsiyalar o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra mavhum tushuncha hisoblansa, investitsion faoliyat ko‘zda tutilgan aniq iqtisodiy, ijtimoiy natijaga erishish uchun obyektlarning muayyan xatti-harakatlari, faoliyatlari majmuidir.
Investitsion faoliyat korxonalarda pul oqimining mustaqil turini shakllantiradi, bu investitsiya oqimi deb ataladi. Har qanday oqim singari, investitsiya oqimi ham kirim va chiqim bilan tavsiflanadi Investitsion faoliyat – bu foyda olish va boshqa foydali samaraga erishish uchun investitsiyani jalb qilish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir30. Investitsion faoliyat jarayonida obyektlar zarur investit- siya manbalarini topadilar, samarali investitsiyalash vositalarini tanlaydilar, muvozanatli investitsiya dasturi va investitsiya portfellarini shakllantiradilar hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli shakllarda amalga oshiriladi. davlat hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishda, ularning
strategik rivojlanishida ahamiyatga ega bo'lgan, lekin kelajakda tez
samara bera olmaydigan tarmoqlar va ilmiy tadqiqot ishlarini
qo'l1'lb-quvvatlashni kuchaytirish maqsadga nmvofiqdir. Bulun dunyoda davlat mablag'lari, asosan, yo'l qurilishi,
shahar obodonchiligi va ishlab chiqarish infratuzilrnalarining
rivqjlanishi kahi umumiy miqyosdagi katta i~hlarga sarflanadi. Davlat budjeti mablag'- larining investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmog'i pasayish tendensiyasiga ega bo'ldi. Bu dav- latning iqtisodiyotga aralashuvining kamayib borayotganligi ham- da katta miqdorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinayotganligi va korxonalarning o'z mablag'lari miqdorining oshib borayot- ganligi bilan izohlanadi. Investitsiya krediti – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari normal faoliyat yuritishida zarur bo‘lgan qurilish, rekonstruksiya yoki texnikaviy qayta qurollantirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyiha ekspertizasini o‘tkazish, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlar o‘tkazilishini o‘z ichiga olgan holda) hamda boshqa asosiy fondlarni sotib olish yoki yaratish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi kapital qismini sotib olish uchun mo‘ljallangan kredit.
Investitsiya kreditlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, bankda talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariga, mulk shaklidan qat’iy nazar, milliy va chet el valyutada taqdim qilinadi.

Download 79.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling