Foydali qazilmalar zaxiralari konchilik sanoati ko’rsatkichlari va kon korxonlarining turlari
Download 24.54 Kb.
|
Foydali qazilmalar zaxiralari konchilik sanoati ko’rsatkichlari va kon korxonlarining turlari.
FOYDALI QAZILMALAR ZAXIRALARI KONCHILIK SANOATI KO’RSATKICHLARI VA KON KORXONLARINING TURLARI. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risida nizomga ko‘ra, Davlat komissiyasi geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazuvchi va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi kollegial organ hisoblanadi. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish; geologik materiallarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish; oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash; respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirishni ta'minlovchi foydali qazilmalarning barcha turlari zaxiralarini tasdiqlash. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish sohasida: foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash va hisoblab chiqishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bosqichlar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek,konlarning sanoatdagi ahamiyatini (kondintsiyalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini, shu jumladan, neft va gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini, konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini) geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida metodik rahbarlikni amalga oshiradi; b) geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish sohasida: foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, ushbu zaxiralarning o‘rganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi tasniflariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik o‘rganishning barcha bosqichlarida konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi va zaxiralarni hisoblab chiqish bo‘yicha taqdim etilgan materiallar zaxiralarning miqdori, sifati va sanoatdagi ahamiyati bo‘yicha xolisona baholash imkonini bergan taqdirda tasdiqlanishi mumkin; chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun beriladigan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha geologik materiallar va boshqa materiallar ekspertizasini tashkil qiladi, ushbu uchastkalarning belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun yaroqliligini aniqlaydi; geologik materiallarning ekspertizasini tashkil qiladi va yer qa'ridan foydalanish huquqiga litsenziya bergan organning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining, yer qa'ridan foydalanuvchining taqdimnomasi bo‘yicha, shuningdek, litsenziya berilgan vaqtda foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qo‘shimcha komponentlar mavjudligi, shuningdek, foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar aniqlangan taqdirda xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi. v) oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash sohasida; konditsiyalar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi; neft va gaz kondensati zaxiralarini qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlari texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini tashkil qiladi va qazib olinadigan zaxiralarni hisoblab chiqish uchun ularni tasdiqlaydi; g) respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirishni ta'minlovchi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash sohasida: texnik-iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lgan taqdirda yangi konditsiyalarni tasdiqlaydi va qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlari olib borilganda yoki konni (uning ayrim qismlari va uchastkalarini) qazib olishda dastlabki konditsiyalarda qabul qilinganlarga nisbatan geologik, kon-texnik, iqtisodiy va boshqa shartlar o‘zgargan taqdirda, ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi; sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa'ridan foydalanuvchining balansidan belgilangan tartibda chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: Davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar hisobini tekshirish uchun zarur bo‘lgan geologiya axborotlari hamda boshqa ma'lumotlarni Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun konditsiyalar loyihalarini taqdim etishning yillik rejalari va jadvallarini,foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan birga hisobotlarni geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi va foydali qazilmalarni qazib oluvchi tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazish, Davlat komissiyasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning shunga o‘xshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun yer qa'ri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. Davlat komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat komissiyasining raisi: Davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi; Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari va Davlat komissiyasi a'zolarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarga muvofiq huquq va majburiyatlarini belgilaydi; Davlat komissiyasining ish rejalarini, Davlat komissiyasiga tushgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi; Davlat komissiyasi majlislarida raislik qiladi. Rais bo‘lmaganda Davlat komissiyasi majlisi Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladi. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling