11-mavzu. Metal va qotishmalarga kimyoviy termik ishlov berish. Reja
Po‘lat yuzasini azotga to‘yintirish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3–rasm. Temir–azot holat diagrammasi
Po‘lat yuzasini azotga to‘yintirish
Po‘lat yuzasini azotga diffuzion to‘yintirish azotlash deb ataladi. Azot po‘lat tarkibidagi metallar bilan birikib nitridlar hosil qiladi. Buyum yuzasida hosil bo‘lgan nitridlar evaziga nisbatan yuqori haroratlarda yuzaning qattiqligi barqaror bo‘ladi, korroziyabardoshligi va ishqalanib eyilishga chidamliligi ortadi. Azotlash natijasida buyum yuzasida hosil bo‘lgan fazalarni tahlil qilishda FeN diagrammasidan foydalanish kerak (11.3–rasm). 11.3–rasm. Temir–azot holat diagrammasi Buyum yuzasida quyidagi fazalar hosil bo‘ladi: azotning–temirdagi qattiq eritmasi;temirning–modifikasiyasi asosidagi qattiq eritma; temir nitridlari (FeN, Fe 3 N) asosidagi qattiq eritmalar; 450°C haroratda azot miqdori 11,35 % bo‘lganda Fe 2 N ham hosil bo‘lishi mumkin. Tarkibida 0,1–0,4% uglerod bo‘lgan uglerodli va legirlangan po‘latlar 500– 600°C da azotga to‘yintiriladi. Azotlangan qatlamning qattiqligi, ishqalanishga, toliqishga chidamliligi va korroziyabardoshligi oshadi. Azotlash jarayoni 500–560°C da po‘lat yuzasidan ammiak gazini ma’lum tezlikda o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladi. YUqori harorat ammiak quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi va atomar azotga ajraladi: 2NN 3 = 2N + 3H 2 Atomar holatdagi azot buyum sirtiga singadi. Natijada uglerodli po‘latlarning yuzasida FeN, FeN 4 fazalar hosil bo‘ladi. Azotlangan qatlamning qalinligi azotlash harorati va vaqtiga, gazning tozaligiga bog‘liq bo‘ladi. Azotlash uzoq davom etadigan jarayon. Buyumlar azotlanganda har 10 soatda 0,1 mm qalinlikdagi qatlam hosil bo‘ladi. Buyumlar azotlashdan oldin barcha termik va mexanik ishlovlardan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Ba’zi hollarda azotlashdan keyin nozik jilvirlash bajariladi. Azotlangan po‘lat ammiak muhitida 200–300°C haroratgacha pechda, so‘ngra havoda sovitiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling