11-mavzu. Neft va gaz konlarining ishlash usullari. Reja
Quduqlarni jihozlash jarayonlari
Download 190,86 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
3.Quduqlarni jihozlash jarayonlari.
Quduqning tubi qismi konstruksiyasi uning uyumda joylashgan joyi, qatlam togʻ jinslarining litologik va fizik xossalari, qatlamning tepasida gaz va ostida suv mavjudligi va boshka omillarga asosan tanlanadi. 11.2-rasm. Quduqlarning qatlamni ochish sharoiti 11.2- rasmda antiklinal strukturada quduqlarning joylashish sxemasi keltirilgan. Bu yerda qatlam bosimini saqlash maqsadida suv qismiga burgʻilangan 1 - quduq toʻla qalinlik boʻyicha ochiladi. 2 - quduq qatlamning chekka suvlariga yakin joylashganligi sababli uni neft- suv tutash yuzasidan yuqoriroq qismi ochiladi. Qatlam osti suvi boʻlmagan holda quduqni toʻla qatlam qalinligi boʻyicha ochish mumkin (3-quduq). Bu holda bu quduq yana 8-10 metrga chukurlashtiriladi va bu qism qatlam mahsuloti tarkibidagi kum zarrachalari yigilishiga moʻljallangan. Quduqning bu ismi «zumif» deb ataladi. Agar quduq gaz doʻppisiga yaqin qismda joylashgan boʻlsa, bu quduq tubini shunday jihozlash kerakki, uning mahsuloti gaz doʻppisidagi gazni olib chiqmasin (4-quduq). Qatlamdan quduqqa nisbatan eng yuqori oqim bu qatlam burgʻilanib boʻlib, uning devori quvur bilan mustahkamlanmagan holatda yuz berishi mumkin (11.3.- rasm). Bunda oxirgi mustaxkamlovchi quvur mahsuldor qatlamning ustki qismigacha tushirilib sementlanadi. Quduq tubining bunday konstruksiyasi qatlam mustahkam jinslardan tuzilgan va unga gazli va suvlangan qatlamchalar boʻlmagan hollarida koʻllanilishi mumkin. Aksariyat hollarda mahsuldor qatlam ham butun quduq devori kabi quvur bilan mustahkamlanadi. Mahsuldor qatlam tez yemiriladigan togʻ jinslaridan tuzilgan boʻlsa, suyuqlik oqimi bilan mexanik zarrachalar olib chiqilmasligi uchun ekspluatatsion quvurning pastida mahsus filtr (sizgʻich) tushiriladi. Sizgʻichdagi teshiklar va yoriqliklar diametri shunday tanlanadiki, mexanik zarrachalar sizgʻich ortida qolsin. 11.3-rasm.Quduq tubi konstruktsiyasi. a-ochiq tubli quduq; b-devori mustaahkamlangan quvur. 1-mustahkamlovchi quvurlar;2-sement halqasi;3-gaz qatlami;4-mahsuldor neft qatlami. Koʻp hollarda quduq loyiha chukurligigacha burgʻilanib unga mustahkamlovchi quvur tushuriladi va quvur ortki kismi sement eritmasi bilan mustahkamlanadi (11.3.b.- rasm). Mahsuldor katlam oʻqli yoki kumulyativ perforator yordamida teshiladi. Bu operatsiya «perforatsiya» deb ataladi. Download 190,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling