11-mavzu. Neft va gaz konlarining ishlash usullari. Reja
Amaliyotda quyidagi turdagi chuqurlik nasoslari uskunalari uchraydi
Download 190.86 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Energiya turlari va ularni hosil qiluvchi manbalar
Amaliyotda quyidagi turdagi chuqurlik nasoslari uskunalari uchraydi:
1. Shtangali uskunalar. Bu uskunalarning balansirli va balansirsiz turlari mavjud. Balansirli uskunalar mexanik va gidravlik harakatda bo’lishi mumkin. Bu uskunalarda odatdagi va quvursimon shtangalar ishlatiladi. 2. Shtangasiz shuqurlik nasoslari uskunalari. A) sho’ktirma markazdan qoshma elektr nasoslar. B) gidravlik va elektr yuritkishli sho’ktirma porshenli nasoslar. V) maxsus vibrasion, membranali va elektromagnitli nasoslar. 3. Bir nesha shuqurlik shtangali nasos uskunalarini ishga tushirish ushun bir dvigatelli guruhli yuritgishlar. Shtangali shuqurlik nasosi uskunasining ishlash prinsipi rasmda ko’rsatilgan bo’lib, bu nasoslar tebratma dastgohdagi yuritgish ishi ta’sirida krivoship mexanizmining aylanma ilgarilanma harakati natijasida balansir orqali shtangalar kolonnasi nasos plunjerini harakatga keltiradi. 2.Energiya turlari va ularni hosil qiluvchi manbalar Neft va gaz konlari qidiruv ishlar tugagandan so‘ng va ularning sanoat ahamiyatiga ega ekanligi aniqlangandan keyin ishlashga tushiriladi, ishlash usulari deganda uyumlarni ishlash jarayoniga ta’sir etadigan va ularni boshqaradigan tadbirlar majmuasi tushuniladi. Konlarni ishlash aniq sistema bilan burg‘ulangan quduqlarni ishlatish orqali amalga oshiriladi. Har bir ishlatish obyektini uyumni ishlash usulining asosiy elementlari bo‘lib, mahsulot olish quduqlarini joylashtirish sxemasi va ular soni hisoblanadi. Mana shularga, boshqa bir xil sharoitlarda, uyumdan neft olish sur’ati va uni ishlash muddati ham bog‘liq. Yer qa’ridan maksimal miqdorda neft va gaz olish uchun konlarni eng oqilona ishlash usulini tanlash ko‘pgina omillarga bog‘liq, jumladan, uyumning energetik rejimiga, maydonning geologik tuzilishiga, neft qatlamining fizik-kimyoviy xossalariga, jinslarning kollektorlar fizik-mexanik xossalariga va boshqalarga bog‘liq. Har qanday neft yoki gaz uyumi potensial energiyaga ega, bu energiya uyumni ishlash jarayonida kinematik energiyaga o‘tadi va qatlamdan neft hamda gazni siqib chiqarish uchun sarflanadi. Tabiiy sharoitlarga va qatlamlarga ta’sir etish tadbirlariga bog‘liq bo‘lgan, qatlam energiyasini namoyon bo‘lishi xususiyatlari uyumni ishlash rejimi deyiladi. Uyum rejimlariga nomni qatlam energiyasining asosiy manbalarining namoyon bo‘lish xususiyatlariga qarab beriladi; suv tazyiqli, tarangli yoki tarang suv tazyiqli yoki gaz qalpoqli, erigan gaz va gravitatsion nomlari ishlar jumlasidandir. Suv tazyiqli rejimda neft va gaz uyumi qatlam suvlariga tiralib turadi, bu holda chekka (yoki ostki) suv bosimi neft va gaz uyumining energiya manbai bo‘ladi. Uyumni tira turgan suv neft olinishiga qarab suriladi. Shuning uchun suv bosimi va neftning quduqqa oqimi deyarli bir xil bo‘ladi. Konning ishlash samaradorligini oshirish uchun quduqni mumkin qadar uzoq vaqt favvora usulida ishlatish kerak. Buning uchun suv tazyiqli rejimda neft va gazni juda tez olmaslik kerak. Aks holda neft olishga qaraganda suvning kelishi orqada qoladi va qatlamdagi bosim tusha boshlaydi. Suv tazyiqli rejimda ishlovchi uyum-lardan har yili olinayotgan neft va gaz ularning umumiy zahiralardan bir necha foizinigina tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Juda qulay sharoitlarda suv tazyiqli rejim mahsuldor qatlamlardan neft zahira-larini olishni jiddiy ravishda oshirish imkonini beradi. Tarang-suv tazyiqli rejimda qatlam energiyasining asosiy manbai bo‘lib suvning, neftning va tog‘ bosimi ta’siri ostidagi yer qa’ridagi siqilgan jinslarning taranglik kuchlari hisoblanadi. Tog‘ jinslarining undagi neftning va suvning siqilish koeffitsiyentining miqdori kichik bo‘ladi, ammo jinslarning qalin qatlami hajmi katta bo‘lganda, mahsuldor qatlam va undagi neft, suv katta taranglik energiyasiga ega bo‘ladi. Hosil bo‘lgan jami natija neft olishga ta’sir qiladi. Taranglik rejimida neft olinishiga qarab qatlam bosimi pasayadi. Gaz tazyiqli rejim dastlab gaz qalpog‘ida siqilgan va neft olinish davomida kengayadigan gaz energiyasi hisobiga paydo bo‘ladi. Gaz qalpog‘ining bosimi neftni quduq tublariga surib borishda katta o‘rin egallaydi. Agar gaz qalpog‘ining o‘lchami kichikroq bo‘lsa, ishlash davomida uyumdagi bosim jiddiy ravishda kamaya boradi. Shuning uchun gaz qalpog‘i rejimida avval neft olinadi, keyin neft uyumining zahiralari kamayishi bilan gaz olishga o‘tiladi. Erigan gaz rejimida energiya manbai bo‘lib neftda erigan gaz bosimi hisoblanadi. Bosim kamayganda erigan gaz erkin gazga aylanadi. Bu rejimda quduqlarni ishlatish davomida qatlam bosimi va quduqqa neftning oqib kelishi muntazam ravishda kamaya boradi. Gravitatsiya rejimida energiya manbai bo‘lib neftning og‘irlik kuchi hisoblanadi. Bu rejimda asosan neft ustuni balandligi katta bo‘lgan tik qatlamlarda namoyon bo‘ladi. Bu holda suv va gaz bosimga ega bo‘lmaydi. Neftning quduq tubiga qarab harakati uning og‘irligi ta’srida sodir bo‘ladi. Qatlamdagi neftning olinishiga qarab uning bosimi pastga tusha boshlaydi. Yuqorida aytganimizdek, uyumning rejimiga qarab uni ishlashning eng oqilona usuli tanlab olinadi. Agar bosim katta bo‘lsa, neft yoki gaz qatlam energiyasi hisobiga nasos-kompressorli quvurlar orqali yuqoriga favvora bo‘lib otiladi. Bu quduqlarning favvorali usul bilan ishlashidir. Neft konlarining ishlash davri odatda to‘rtta bosqichga bo‘linadi: ishlatish obyektini sanoat miqyosida o‘zlashtirish bosqichi-neft olishni loyihadagi maksimal ko‘rsatkichga (uyumning suvlanishi kam bo‘lganda) yetkazish bilan xususiyatlanadi. Neft olishni barqarorlashgan yuqori darajada ushlab turish bosqichi va quduqlardan neftni favvora usulda olishdan mexanizatsiyalashtirilgan usulga o‘tiladi (ularning suvlanishi ko‘paya boshlaganda), bu bosqich orqali oxirida neft zaxirasining 40-70% olinadi. Neft olishni sezilarli darajada kamayishi bosqichida quduqlarning ko‘pi mexanizatsiyalashtirilgan ishlatish usuliga o‘tkaziladi, mahsulotning suvlanganligi tez ortadi, bosqich ozirida neft zaxirasining 80-90% olinadi. So‘nggi bosqichda hamma quduqlarning neft debitlari kamayadi, ularning mahsulotlari yuqori darajada suvlanadi. Uyumlarni tabiiy rejimlarini samaradorligini oshirish va eng oqilona ishlash usuli bilan ta’minlash uchun hozirgi vaqtda ishlashning dastlabki davridayoq qatlam bosimini sun’iy ushlab turish usullari qo‘llaniladi. Bularga qatlamga ta’sir qilishning turli usullari kiradi jumladan: suv bostirish, gazni gaz qalpog‘iga yoki qatlamning neftli qismiga haydash va boshqalar. Download 190.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling