11-mavzu: Oligosaxaridlar. Reja


Download 0.79 Mb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#227319
1   2
Bog'liq
11-мавзу. Олигосахаридлер.

Sellobioza. Bu disaxarid oktaasetat ko‘rinishida sellyulozadan uni sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislotasi ta’sirida gidrolizga uchratib olingan (Skraup va Kyoning, Franshimon). Erkin holatdagi sellobioza yaxshi kristallanadi, suvda yaxshi eriydi, spirtda yomon eriydi, D34,60. U qaytaruvchi hisoblanadi, ozazon beradi. Uni kislota yoki enzim (sellobioz) ta’sirida qaynatilsa glyukozagacha parchalanadi. sellobioza hayvonot va o‘simliklar dunyosida ko‘p tarqalgan. Uning solod, arpa va jovdar urug‘larining o‘simtalarida, o‘rik danagi mag‘zida va shilliqqurtlarning qorin shiralarida ham borligi aniqlangan.

Tregaloza - yosh griblarda uchraydi, qaytaruvchanlik xususiyati yo‘q, kislotali yoki fermentativ (maltaza bilan) gidrolizga uchratilsa faqat D-glyukozani hosil qiladi. Tregalozaning uchta izomeri mavjud: ,-Tregaloza, asosan griblardan olingan, D1970; Izotregaloza (,), D-41,50, sintetik yo‘l bilan olingan; Neotregaloza (,), sintetik ravishda olingan.

Disaxaridlarni kimyoviy sintez qilish yo‘li bilan ham olish mumkin. Buning uchun monozalarni, masalan, glyukozani sirka angidridi bilan atsillab pentaasetilglyukozaga aylantiriladi, undagi atsillangan guruxlardan bittasi glyukozid hisoblanadi. Olingan pentaasetilglyukozaga vodorod xlorid yoki vodorod bromid ta’sir ettirib asetoxlorglyukoza yoki asetobromglyukoza olinadi.





glyukoza

pentasetil-

glyukoza


-asetobrom-glyukoza

-Asetobromglyukozani ishqoriy eritmada monosaxaridlarga ta’sir ettirib (A.A.Kolli, 1879, keyinroq E.Fisher) disaxaridlar sintez qilingan.

Monoza molekulasini asetobromglyukoza molekulasi bilan reaksiyaga kirishadigan gidroksilidan tashqari gidroksillarini asetil СH3CO) va benzoil (C6H5-CO) qoldiqlari bilan himoyalanib reaksiyaga kiritilsa (Kening-Knorr metodi) bioza sinteziga olib keladi. Bu metoddan foydalanib Gelferix gensiobiozani quyidagicha sintez qilgan:





-asetobrom-

glyukoza


2,3,4-tribenzoil-

metilglyukozid







Bu yerda:

As  SN3SO-

RhSO  S6N5SO-


Biozalarni glyukozaga vodorod xlorid kislotasini ta’sir ettirib ham olish mumkin. Bunda gensiobioza, sellobioza, maltoza, tregaloza va boshqa biozalar hosil bo‘ladi, ularning asetatlarini hosil qilib bir-biridan xromatografiya usuli bilan ajratib olish mumkin.

Saxaroza Leme va Guberular tomonidan kimyoviy usul bilan sintez qilib olingan. Buning uchun ular 1,2-angidro--D-glyukopiranozotriasetat va 1,3,4,6-tetraasetil-D-fruktozani konsentrlangan benzol eritmasini bir necha kun mobaynida qaynatishgan. Shunda oz miqdorda saxaroza hosil bo‘lganligi aniqlangan. Uni asetil hosilasiga aylantirib xromatografiya usuli bilan aniqlangan.



Biozalarni fermentativ katalizlash yo‘li bilan ham olish mumkin. Masalan, konsentrlangan glyukoza eritmasiga achitqi fermentini ta’sir ettirib maltoza sintez qilingan (1902). Konsentrlangan glyukoza eritmasiga amulsin (achchiq danaklardan olingan) fermentini ta’sir ettirib gensiobioza olingan. Glyukozaning fosfat kislotasi bilan hosil qilgan efiri (1-fosfat) va fruktoza aralashmasiga fosfataza fermentini ta’sir ettirib saxaroza olingan. Lekin fermentativ usulda disaxaridlarning hosil bo‘lish unumi ancha kam bo‘ladi.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling