11-mavzu. O`rta Osiyo iqtisodiy hayotiga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi va milliy burjuaziya hamda jadidchilikning paydo bo`lishi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
Ma’ruzachi: dots.F.E.Toshboyev 1.O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanishi va uning ekonomikasiga rus kapitalining kirib kelishi, Savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan bog’liq banklarning tashkil topishi. 2.Rus dehqonlarining Turkistonga ko`chirish siyosati, Turkistonda milliy burjuaziyaning shakllanib borishi. Ushbu iqtisodiy o`zgarishlarning ijtimoiy hayotga ta’siri va jadidchilik harakati. 3.Jadidlarning ma’rifatchilik siyosati va ularning bu yo`ldagi amaliy ishlari. Turkiston milliy burjuaziyasi va intelegensiyasi orasida milliy ong va o`zlikni onglash tuyg’ularining aniq yo`nalishga kirib borishi va o`zbek millatnni tarkib topishi tomon qo`yilgan jadal qadamlar O‘zbek xonliklari hamda Chor Rossiyasi davrida yaratilgan tarixiy va etnografiyaga doir yozma manbalarda, xorijiy olimlar asarlarida ular turkistonliklar, Turkistonning tagli-tugli aholisi sifatida tilga olinadi. Ularni o‘zbeklar deb atamaydilar. Chunki sobiq sovet davri va hozirgi kundagi o‘zbek xalqi haqidagi tasavvurdan farqli o‘laroq, u kezlarda o‘zbek nomi ostida XVI asr boshlarida Turkistonga kirib kelgan Dashtiqipchoqning ko‘chmanchi o‘zbeklari tushunilgan. Aynan ana shular O‘zbekiston SSRning tashkil topishi arafasidagi turkigo‘y aholining uchinchi toifasi edi XX asr boshlariga kelganda "o‘zbek" nomi ostida nafaqat shayboniy o‘zbeklari, balki mintaqaning o‘troq aholisi ham o‘zlarini Turkiston turklari deb atash bilan birga, Turkiston o‘zbeklari degan tushunchaga ko‘nikib qolgan edilar. Xullas, O‘zbekiston SSRni tashkil etilishi arafasida ularni birlashtiruvchi yagona aniq etnonim bo‘lmagani kabi, ularning bo‘lajak milliy davlati "O‘zbekiston" deb atalishiga ham qattiq e’tiroz yo‘q edi. Chunki Turkiston hududlarida yashovchi forsiyzabon tojiklar mintaqa aholisining beshdan birini ham tashkil etmas edi. Turkiston aholisini milliy belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratishga qaratilgan mafkuraviy, siyosiy, til va madaniy tadbirlar o‘zbek va turkman milliy tili va madaniyati, bo‘lajak milliy respublikalarini tashkil etishga yo‘naltirildi. Bu tadbirlarning "tashabbuskori" Turkkomissiya bo‘ldi. Odatda bu tadbirlar muayyan milliy guruhning mustaqil ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib chiqishga "istak bildirganligi"ni namoyish etish edi. 1920 yilga kelib Farg‘ona vodiysida istiqlolchilik harakatining qurolli qarshiliklari shunday kuchaydiki, uning ta’sirida Samarqand, Buxoro va Xorazmda ham uning uchqunlari alanga olib ketdi. Bu ham O‘zbekiston SSRni tashkil etishni tezlashtirdi Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling