11-mavzu. O'Zbekiston va jahon hamjamiyati reja xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
O'zbekistonnmg Boltiqbo'ti mamlakatlari bilan
Download 56.78 Kb.
|
11- mavzu (1) (1)
O'zbekistonnmg Boltiqbo'ti mamlakatlari bilan: O'zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, qorametall sotib oladi.Latviyagaesarangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda «Dzintars» Latviya aksioneriik jamiyatining O'zbekiston-Latviya qo'shma korxonasi qurilib, «Volida», «Saodat», «Istiqbol» singari atirlar ishlab chiqar-moqda va «Dzintars» firma do'koni orqali sotilmoqda. O'zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslahatlashuv to'g'risida Protokol imzolandi. lkki davlat o'rtasidagi savdo-sotiq o'sib bormoqda. 1994-yil o'zaro tovarayirboshlash 121,8 million so'mni tashkil etdi.I.Karimovning 1995-yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog'ida Prezident A.Brazauskas bilan O'zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to'g'risidagi qo'shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, O'zbekiston hukumati bilan Litva hukumati o'rtasida ta'lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san'at, savdo-iqtisodiy, havo yo'li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkoriik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi. O'zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, lieft, rangli metallar eksport qiladi. 1994- yilda o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2001-yilda bu ko'rsatkich uch barobarga ko'paydi. O'zbekiston Litvaning transport-xo'jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo'li, ayniqsa, KJayped bandargohi orqali o'z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 23-25-sentabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko'tardi. O'zbekiston bilan Litva o'rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkoriik to'g'risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o'rtasida hamkoriik to'g'risida bitimlar imzolandi. O'zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkoriik bo'yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko'rsatmoqda.
Download 56.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling