11-mavzu. O'Zbekiston va jahon hamjamiyati reja xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi


O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari


Download 56.78 Kb.
bet5/13
Sana16.03.2023
Hajmi56.78 Kb.
#1273092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11- mavzu (1) (1)

2. O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari
MDHning tashkil topishi. 1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Yelsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida Shartnoma imzoladilar. Shart-nomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi.Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor etdilar.Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkma-niston Prezidentlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar.1991-yil 21-dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog'iston (N.Nazarboyev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:
• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar orqali amalga oshiriladi;
• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;
• Xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;
• MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham unga qo'shilishi mumkin;
• umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;
• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to'xtatiladi;
• Hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoi-dalarga binoan sobiq SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar;
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalarigaog'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topdi.1993-yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.1991-1999— yillarda MDH davlat bosliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda hammasi bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 gа yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.Hamdo'stlik mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o'zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.2001-yil 29-30-noyabrkunJari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag'ishlangan yubiley sammiti bo'lib o'tdi. Sammit qatnashchilari Afg'onistondagi voqealar to'g'risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi.Yubiley sammitida yana bir hujjat - MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta'kidlandi. Hamdo'stlik barcha a'zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo'lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e'tirof etildi.MDHnnig 10 yilik tarixi guyohlik beradiki, Hamdo'stlikning tashkil etilishi foydali bo'ldi. Hamdo'stlik 10 yil oldin qanday kerakii tashkilot bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog'langan iqtisodiyotini to'ldirib turish zarur edi. Hamdo'stlik mana shuntday to'ldiruvchilik rolini bajardi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo'l qo'ymadi..
O'zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi: O'zbekiston Respublikasi tashqi siyo-satida hamdo'stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish alohida o'rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o'rtasidagi, ya'ni O'zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo'lga qo'yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.O'zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabat-lar o'rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1992-yil 30-mayda I.Karimovboshliq O'zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o'rtasida har tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B.Yelsinning 1993-yil mart oyida O'zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko'rishga ahdlashildi. 1993-yil I9-martda O'zbekiston va RF o'rtasida madaniyat, fan va texnika, bilan hanikorligita'lim, sogiiqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.V.Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi. V.Putin qisqa muddatda O'zbekistonga ikki marta-1999-yil 10-11-dekabrda va 2000-yil 18-19-may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda Ashisl boshqa masalalar muhokama etildi.
Dekabrdagi uchrashuvda «O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma imzolangan bo'lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hakmnalhiri o'rtasida «O'zbekiston Respublikasi hukumatlari Rossiya Federatsiyasi subyektlari o'rtasida hamkorlikni kengaytirish to'g'risida bitim», «Xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risida bitim» imzolandi. Shu tariqa, O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o'rtasida turli maqsadlarga yo'naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan. O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasifagi tovar ayirboshlaslh hajmi 2000-yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O'zbekistonda 520 ta O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro'yxatga olingan. Rossiyada esa O'zbekiston sarmoyasi ishtirokida fuzilgan 250 ga yaqin qo'shma korxona mavjud. O'zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi. oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001-yil 3-5-may kunlari, 2004-yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning 2004-yil iyun oyida O'zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi pog'onaga ko'tardi.2004-yil 16-iyunda O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risida bitim imzolandi.

Download 56.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling