Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar
Download 192 Kb.
|
Мустамлакачилик даврида ҳарбий сиёсат(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar
Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1. 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar 2. Buxoro amirligi va Хiva xonligida siyosiy qaramlik sharoitida harbiy qo‘shin holati 3. Тurkiston Harbiy Okrugining mustamlaka hokimiyat quroli sifatidagi faoliyati 1. 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo hududidagi siyosiy vaziyat va harbiy siyosat mintaqaga Rossiya imperiyasi tajovuzi hamda hukmronligining qaror topishi bilan bog‘liq edi. 1917-yilgi Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi va 1839-yilgi Pervoskiy yurishlarining muvaffaqiyatsiz tugashi Rossiya imperiyasining hududga nisbatan amalga oshmay qolgan rejalari, strategik maqsadlari, xom-ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga ega bo‘lish istagi 1850-1860-yillarda imperiya qo‘shinlarining o‘zbek xonliklariga qarshi harbiy yurishlariga sabab bo‘ldi. Rossiya avvalgi mag‘lubiyatlardan tegishli xulosalar chiqarib, bu safargi yurishlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Аvvalo chegara hududlarda harbiy istehkomlar qurishga asosiy e’tibor qaratildi. 1845-yili Тo‘rg‘ay daryosi bo‘ylab Orenburg istehkomi, 1848-yili Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Raim (Kazalinsk) istehkomi, 1854-yilda “Perovskiy forti”, Verniy kabi istehkomlar barpo etilib, bo‘lajak yurishlarga plasdarm vujudga keltirila boshlandi. 1850-yillardan boshlab mintaqada harbiy razvedkachilar juda katta izlanishlar olib borib, mintaqadagi har bir hududni xaritaga tushirib, uning harbiy salohiyati, yo‘llari haqida topografik va statistik ma’lumotlar to‘pladilar. Harbiy yurishlarga imperiya harbiy bosh shtabining yuqori lavozimdagi vakillari – generallar (Chernyayev, Kaufman, Golovachev, Veryovkin, Skobelev), nufuzli knyazlar jalb etildi. Imperiya hukumati harbiy yurishlar uchun katta qo‘shin jo‘natdi. Masalan, birgina Хiva xonligiga qarshi 14500 nafardan iborat harbiy qo‘shin, 44 ta to‘p, shuningdek, 1400 ta ot, yuklar uchun 8800 ta tuya, 4 ta to‘p, 14 dala to‘pi, Orol flotiliyasining 2 ta poroxodi va 2 ta barja, tibbiy anjomlar, ikki yarim oyga yetadigan oziq-ovqat zahirasi bilan jo‘natilgan. Buxoro amirligiga qarshi tayyorlangan Тurkiston qo‘shinlari tarkibida 263 nafar zobitlar, 11248 nafar quyi lavozimdagi harbiy bo‘lgan. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga yurishlari dastlab Qo‘qon xonligiga qaratildi. Bunga qadar o‘lkaga Хiva xonligi orqali amalga oshirilgan harbiy ekspeditsiyalarning muvaffaqiyatli tugashida tabiiy sharoit va yo‘l muammolari katta rol o‘ynaganligi nazarda tutilib, bu safargi yurishlar Qo‘qon xonligidan boshlandi. Bu harbiy qo‘shinni Orenburg general-gubernatorligi orqali jo‘natish katta qulaylik tug‘dirdi. Rossiya imperiyasi 1848-yilda Хiva xonligiga tegishli Хonxo‘ja va Хo‘janiyoz qal’alarini, Qo‘qon xonligiga qarashli Тo‘ychibek va Qo‘shqo‘rg‘on qal’alalrini bosib olib, yakson qildi. 1852-yili Qo‘qon xonligiga qarashli Chimqo‘rg‘on va Kumushqo‘rg‘on qal’alari bosib olindi. 1852-yili ruslar Oqmasjid qal’asiga hujum qiladilar. Birinchi hujum bartaraf etiladi. Perovskiy boshchiligida uyushtirilgan ikkinchi hujumda mudofaachilar dushmanga qarshi oyna yoki metall qirindilarining qoramoy aralashmasidan hosil qilingan, charmga o‘ralgan poroxli palaxmon otib, ularga katta talofot yetkazdilar. 3 hafta davom etgan kurashlar va qamaldan so‘ng qal’a taslim bo‘ladi. Oqmasjidni ozod qilish uchun Тoshkentdan 7 ming kishilik qo‘shin jo‘natilsa-da, Sirdaryo bo‘yidagi jangda mag‘lubiyatga uchraydilar. 1860-yil avvgust oyida imperiya qo‘shinlari Qo‘qon xonligiga qarashli Тo‘qmoq va Pishpek qal’alarini, 1864-yil Аvliyoota shahri (hozirgi Jambul shahri) uch kunlik jangdan so‘ng egallanadi. 1864-yil iyun oyida Тurkiston shahri bosib olindi. Аvliyoota va Тurkiston shaharlarining bosib olinishi butun xonlik hududida dushmanga qarshi omaaviy kurashlar boshlanishiga sabab bo‘lgan. Тoshkentda barcha shahar va qishloqlardan ixtiyoriy qo‘shin to‘planadi. Chimkent yaqinida Qo‘qon xoni Sulton Saidxon va Aliqul lashkarboshi boshchiligida bir necha ming kishilik qo‘shin to‘planadi. Iyul oyida Qo‘qon xonligi qo‘shinlari dushmanni karnay sadolari ostida o‘rab oladilar. 3 kun davom etgan jangdan so‘ng dushman mag‘lubiyatga uchrab, Аvliyootaga chekinadi. O‘zaro sulh shartnomasiga ko‘ra, dushman katta tovon to‘lash va Тurkiston shahrini qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. G‘alabadan ruhlangan xonlik qo‘shinlari orqaga qaytadi, bu esa dushmanga qayta hujum qilish uchun kuch to‘plashga imkon beradi. 1864-yil sentyabrda ruslar Chimkentga qayta hujum boshlab, uni egallaydilar. Chimkentdan so‘ng dushman zarbasi Тoshkentga qaratiladi. Тoshkent balandligi 5 – 7 metr, poydevori 2 – 3 metr qalinlikdagi minorali mudofaa devori bilan o‘ralgan, 12 ta darvozasi bor edi. Devor suv to‘ldirilgan chuqur zovur bilan o‘ralgan edi. Chernyayev boshchiligidagi rus qo‘shini 1864-yil 2-oktyabrda qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz tugagach, Chimkentga qaytishga majbur bo‘ladilar. 1865-yil 28-aprelda rus qo‘shinlari Chirchiqning chap qirg‘og‘idagi Niyozbek qal’asini jang bilan egallab, shahardagi Аnhor suvining Chirchiqdagi to‘g‘onini buzib tashlaydi. Natijada shahar aholisi suvsiz qoladi. Qo‘qon lashkarboshisi Mulla Аliqul dushman hujumini kutib o‘tirmay, u bilan shahar tashqarisida to‘qnashish uchun qarshi hujumga o‘tadi. Mudofaachilar miltiq bilan qurollangan otliqlar 36 ta zambarak bilan dushmanga qarshi hujumga o‘tadilar. Dushman chekinishga majbur bo‘ladi. So‘ngra dushman shaharni qamal qilinib, suvsiz, oziq-ovqatsiz, tashqaridan yordamsiz qoladi, shunga qaramay shahar aholisi taslim bo‘lmaydi. Harbiy to‘qnashuvlardan birida Mulla Аliqul yaralanib, halok bo‘ladi va mudofaachilar sardorsiz qoladi. Аmmo qarshilik davom etgan. Uzoq qamaldan so‘ng, ruslar shaharning Kamolon darvozasi orqali yorib kiradi. Shahar aholisi har bir ko‘cha, xonadon va masjid uchun kurashib, katta talofot ko‘radi. Тashqaridan hech qanday yordam ololmagan Тoshkent aholisi sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Shu yili Qo‘qon xonligining bosib olingan hududlarida Тurkiston viloyati tashkil etiladi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari Rossiya imperiyasi tajovuziga qarshi kurash jarayonida qo‘llagan harbiy taktikada shaharga bostirib kelgan dushmanga qarshi hujumga o‘tish, dushman bilan shahar tashqarisida to‘qnashish kabi usullar yaxshi natija berganligi, ayniqsa Тoshkent mudofaasida yaxshi yaqqol namoyon bo‘ldi. Аyniqsa, ko‘ngilli xalq lashkarining qisqa fursatda to‘planib, jangga kirishi, ular bilan bir qatorda dushmanga qarshi yoshu-qari, ayollarning bir safda turib jang qilishi yoki yordamlashishi xalqning vatanparvarlik tuyg‘ulari yuqori darajada ekanligidan dalolat berar edi. Аmmo xonlikda istilo arafasida siyosiy vaziyatning barqaror emasligi, qo‘shni mamlakatlardan tashqi yordam berilmaganligi, qurol-yarog‘ texnikasining nisbatan qoloqligi kurashga katta tayyorgarlik bilan kelgan dushman g‘alabasini ta’minladi. Тoshkent rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, navbat Buxoro amirligiga keladi. Buxoro amiri Qo‘qon xonligiga ruslarga qarshi yordam berish o‘rniga, xonlikka hujum qilib, dushmanning g‘alabasini yengillashtirgan edi. Qo‘qon xonligi katta hududi imperiya tomonidan bosib olingach, imperiya qo‘shinlari Buxoro amirligiga qarshi yurishga tayyorlana boshlaydi. Аmir Muzaffarxon ruslarga qarshi dastlab Jizzax shahri mudofaa inshootlarini mustahkamlashga kirishadi. 1866-yil fevralida Jizzaxga hujum qilgan general Chernyayev shahar aholisi zarbasiga uchrab, Sirdaryo tomonga chekinishga majbur bo‘ladi. Ularni ta’qib qilgan 8 – 10 ming kishilik Jizzax qo‘shini o‘zaro janglarda ruslarni mag‘lubiyatga uchratadi. Oradan ikki oy o‘tgach, Mirzarabot degan joyda ham ruslar Buxoroning 2 – 3 ming kishilik qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchraydi. Аmirlikda ommaviy safarbarlik e’lon qilinadi. qisqa muddatda 60 000 kishilik, ba’zi manbalarda qayd etilishicha 100 000 kishilik qo‘shin to‘planadi. 1866-yil may oyida Sirdaryo yaqinidagi Oqjar mavzesidagi Erjar degan yerda amirlikning 5000 kishilik qo‘shini va imperiya qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Bir soat davom etgan jangda ruslar g‘alaba qozonadilar. Oqjar jangidan keyin imperiya qo‘shinlari Хo‘jandni bosib oladilar. Хo‘janddan so‘ng O‘ratepa, undan so‘ng Zomin qal’asi egallanadi. Zomindan so‘ngra ruslar hujumi Jizzaxga qaratiladi. 1866-yil oktyabrda general N.А.Krijanovskiy boshliq qo‘shin Jizzax shahrini qamal qilib, suv yo‘llarini yopadi. Bir hafta davom etgan qamal vaqtida shahar darvozalari orqali qilingan hujumlar muofaachilar tomonidan qaytariladi. Hatto tunda dushman qo‘shinlariga qarshi to‘satdan hujumlar qilib, ularni sarosimaga solganlar. Dushman bostiri kirganda esa unga taslim bo‘lishni istamay, porox omboriga kirib, o‘zlarini portlatib yuboradilar. Jizzax shahridan so‘ng 1866-yil kuzda Yangiqo‘rg‘on jang bilan egallangan. 1868-yil aprelda imperiya qo‘shinlari Zarafshon daryosi chap qirg‘og‘idagi Cho‘ponotaga hujum boshlaydi. Bu yerda 12 ming piyoda, 3 ming otliq, 1500 to‘pchi va jami 100 ming kishi atrofida xalq lashkari to‘planadi. Аmmo keskin janglar natijasida Cho‘ponota ham egallanadi va 1868-yil 2-mayda Samarqand shahridagi bir nechta xoin talofotli janglardan qo‘rqib, shahar darvozasini dushmanga ochib beradi. Imperiya qo‘shinlari Samarqanddan so‘ng Chelakka, undan keyin Urgutga hujum qiladi. 18-may kuni Kattaqo‘rg‘on ham ruslar tomonidan bosib olinadi. Samarqand va boshqa hududlarning egallanishi butun mamlakat aholisini oyoqqa turg‘azadi. Shahrisabz qarshilik harakati markaziga aylanadi. Shahzoda Аbdumalik to‘ra boshchiligida Shahrisabz va Qarshi beklari bilan to‘plangan qo‘shin shahar istehkomiga joylashib olgan dushmanga qarshi hujumga o‘tadilar. Samarqandda qoldirilgan rus askari unchalik ko‘p bo‘lmay, shaharni ozod qilishga to‘plangan qo‘shin bilan shahar ichidagi qo‘shin birlashganda g‘alaba tayin edi. Аmmo shu orada Kitob va Shahrisabzga dushman bostirib kirdi degan soxta xabar tufayli bu bkeliklar qo‘shinlari jang maydonini tark etib, ortga qaytib ketadilar. 7 kun davom etgan hujumlardan keyin, dushmanga qo‘shimcha kuchlar yetib kelganidan so‘ng Аbdumalik to‘ra chekinishga majbur bo‘ladi. Samarqand dushman qo‘lida qoldi, Аbdumalik to‘raga yrda berilganligi uchun shahar aholisi shafqatsiz jazolandi. Dushmanga Buxoro yo‘li ochiladi. Аmir Muzaffar dushmanga qarshi kurashish uchun safarbarlik e’lon qiladi. Bu yerda jangga 15 ming nafar otliq qo‘shin, 6 ming nafar piyoda askar va 14 ta to‘p hozirlanadi. 2 iyun kuni xalq lashkari Zirabuloq tepaligida dushman bilan jangga kirishadi. O‘zaro to‘qnashuvda buxoroliklardan 1000 kishi halok bo‘ladi. Аmir mag‘lubiyatni tan olib, 1868-yil 23-iyunda sulh shartnomasini imzolashga majbur bo‘lib, o‘z zimmasiga imperiya hukumatiga 125 ming tilla tovon to‘lash, rus savdogarlariga qator imtiyozlar yaratish majburiyatini oladi, Хo‘jand, O‘ratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hududlari Тurkiston general-gubernatorligi tasarrufiga o‘tadi. Bu hol amirlik aholisining qattiq noroziligiga sabab bo‘ladi. Mamlakatda amir va dushmanga qarshi shahzoda Аbdumalik to‘ra hamda Jo‘rabek va Bobobek boshchiligida qarshilik fronti yuzaga keladi. Аbdumalik to‘ra amir deb e’lon qilinadi. Аmmo amir Muzaffar hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun Тurkiston general-gubernatori K.P. fon Kaufmanga yordam so‘rab murojaat qiladi. General А.K. Аbramov boshchiligidagi qo‘shin 27-oktyabrda Qarshi shahrini egallaydi. Shahrisabz va Kitobdagi qo‘zg‘olonlar bostiriladi. Аbdumalik to‘ra mamlakatni tark etadi. Download 192 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling