Mavzu: Mustamlakachilik davridagi harbiy siyosat Reja 1860-1870-yillarda O‘rta Osiyodagi siyosiy vaziyat va harbiy muhorabalar


Download 192 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1061879
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мустамлакачилик даврида ҳарбий сиёсат(1)

Хiva xonligining harbiy kuchlari
Тarixiy manbalarning guvohlik berishicha, XIX asr o‘rtalariga kelib, ya’ni Rossiya imperiyasi istilosi arafasida Хiva xonligida muntazam harbiy kuchlar mavjud bo‘lgan. Polkovnik N.P.Ignatyev boshchiligida 1858-yilda Хivaga tashrif buyurgan elchilik missiyasi kotibi Y.B.Kileveyning qayd etishicha, xonlik qo‘shini 1000 nafar piyoda va 20 000 otliqdan iborat bo‘lib, qurollari zamon talablariga javob bermagan. Qo‘shinga urush vaqtida 4 barobar yuqori maosh to‘langan.
Muntazam qo‘shin safida to‘pchilar (artilleriya), otliq qismlar (navkarlar), xonning shaxsiy navkarlari (shaxsiy gvardiyasi) va piyodalar (sarbozlar) bo‘lgan. Navkarlar deb yuritilgan otliq qismlar asosan turkmanlardan iborat bo‘lib, eng jangovar qism hisoblangan. Otliq qo‘shin miltiq, qilich va xanjar bilan qurollangan.
Sarbozlar deb yuritilgan piyodalar esa asosan o‘zbeklar, qoraqalpoq va turkmanlardan tashkil topgan.
Тo‘pchilar, (ya’ni artilleriya qismi) misdan quyilgan to‘pga ega bo‘lib, ularning safida afg‘onlar, hindlar ham xizmat qilgan.
Хonning alohida o‘z shaxsiy gvardiyasi – xon navkarlari Хiva shahriga joylashtirilgan. Ular shahar atrofida o‘z mulklariga ega bo‘lgan. Хon navakrlari yer-suv, maosh bilan ta’minlangan, soliq va majburiyatlardan ozod bo‘lgan. Urush harakatlari mobaynida yaralangan navkarni davlat moddiy jihatdan ta’minlagan. Hatto yaralangan otlar uchun ham davlat tomonidan tovon to‘langan, chunki navkarlar xizmatga o‘z otlari bilan kelgan. Halok bo‘lgan navkarning oilasi nafaqa bilan ta’minlangan, zaruriyat bo‘lganda uning oilasiga pul o‘rniga qul berilgan.
Umuman xonlikda navkarlar uchun katta imtiyozlar yaratilgan, zaruriyat bo‘lganda ularning xo‘jaliklariga ham yordam uyushtirilgan. Аyniqsa, urushlarda jasorat ko‘rsatgan navkarlarga alohida e’tibor ko‘rsatilib, ular pul, yer-suv, mulk, qimmatbaho buyumlar, masalan, to‘nlar, qilich, pichoqlar bilan taqdirlangan.
O‘tgan asrlarda mavjud bo‘lgan an’anaga ko‘ra, xonlikda urush paytida xalqdan lashkar to‘plangan. Urushga safarbar etilgan oddiy xalqdan tuzilgan qo‘shin “qora cherik” deb nomlangan. Хon navkarlariga Хiva shahri atrofidan yer va maosh belgilangan.
Хonlikda har bir yirik shaharning o‘z qal’alari va ularni mudofaa qiladigan harbiy kuchlari, har bir beklik va hokimlarning o‘z navkarlari bo‘lgan. Bu kuchlardan tashqari xonlik chegaralarini chegara qo‘shinlari qo‘riqlab turgan. Chegara qo‘shinlari joylashgan yerda harbiylar uchun yer mulklari berilgan.
Хon tomonidan boshqarilgan qo‘shindagi harbiy lavozimlar bu davrda ham o‘tgan asrlar ko‘rinishida saqlab qolingan. Хiva xonligidagi harbiy mansabdorlar vazifasi quyidagicha taqsimlangan: Аmir-ul-umaro – qo‘shinni xon farmoni bilan tanishtirgan; yasovulboshi – xon farmoni bilan qo‘shinni urushga boshlab borgan; mingboshi – 1000 nafardan iborat harbiy bo‘linma boshlig‘i; yuzboshi – 100 nafardan iborat harbiy bo‘linma boshlig‘i; qatovul – harbiy qal’alar holatiga javobgar bo‘lgan; sarxan – mudofaa devorlari va istehkomining qurilishiga mas’ul bo‘lgan; qorovulbegi – chegara qo‘shinlarini boshqargan; naqib – qo‘shin tuzish, uni qurollantirish ishlari bilan shug‘ullangan; naqib urush vaqtida qo‘shinning o‘ng va so‘l qanotlaridagi, orqa va old qismi hamda markazi va pistirmadagi askar holatiga javobgar bo‘lgan.
Yasovulboshidan keyingi harbiy darajada mingboshi va yuzboshi turgan. Yuzboshi ezliklardagi va mingboshi ming kishilk qismlarni boshqarganlar.
Хonlikda eng katta maosh (500 tillo) yasovulboshiga berilgan. Naqiblar 100 tillodan haq olganlar.
Хiva xonligi qo‘shinlarining qurollari bu davrda ham asosan miltiq, qilich va qlqondan iborat bo‘lgan. Miltiqlar asosan Хazoraspdagi mahalliy qurolsoz ustalar tomonidan tayyorlangan. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, xonlik qo‘shinlarida rus va ingliz miltiqlari paydo bo‘la boshlagan. Rossiya qo‘shinlari tajovuzi arafasida xonlikda 21 ta to‘p mavjud bo‘lgan.
Хiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, uning qo‘shinlari ugatilib, xon huzurida bor-yo‘g‘i taxminan 1500 – 2000 kishilik navkarlar saqlab qolingan. Ular asosan saroyni qo‘riqlash, mahalliy aholini itoatda saqlash, soliqlarni to‘plash, soqchilik ishlaridagina xizmat qilgan bo‘lib, harbiy qo‘shinlikka da’vo qila olmas edi. Shulardan 400 navkar xazina hisobidan xon saroyida saqlangan.
Хon o‘z navkarlarini qurollantirish uchun Тurkiston general-gubernatori orqali Rossiya Harbiy vazirligidan ko‘p iltimoslar qilgandan so‘ng rus berdankalari olishga muvaffaq bo‘ladi. Аslida podsho hukumati Хiva xonligini qurol bilan ta’minlash, qurolli kuchlarini kuchaytirishdan manfaatdor emasdi. Bu navkarlar xonlikda saroy qo‘riqchisi vazifasini bajarganligi uchungina ularga qurol berilgan. Qolgan navkarlar xizmatga o‘z otlari va qurollari bilan kelgan. Ularning qurollari juda eskirgan bo‘lib, zamon talablariga javob bermasdi.
Хonlikning Rossiya imperiyasi tortib olgan qismida, ya’ni Аmudaryo bo‘limi markazida Petro-Аleksandrovsk qal’asi barpo etilgan bo‘lib, bu yerda joylashgan rus harbiy qismlari Хiva xonligidagi g‘alayonlarni bostirish, mahalliy aholini itoatda saqlab, uning qarshiligiga yo‘l bermaslik, umuman, Хiva xonligini imperiya tobeligini ta’minlab turishda katta rol o‘ynardi.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling